TGViewer
Isroil Tillaboyev blogi Isroil Tillaboyev blogi @domlajon · 19.4K subscribers
Post #14501 6.14K
Shaxmat orqali katta mukofot yutish imkoni: sovrin jamgʻarmasi 620 million soʻm boʻlgan "Zakovat-Gambit" shaxmat turniri oʻtkaziladi

Oʻzbekistonda eng sevimli sport turiga aylanib borayotgan shaxmat bo‘yicha anʼanaviy V "Zakovat-Gambit" shaxmat turniriga start berilmoqda. Mazkur musobaqada mamlakatimizdagi barcha yoshdagi shaxmat ixlosmandlari ishtirok etib, yirik pul mukofotlarini qoʻlga kiritishi mumkin. Turnirda qatnashish uchun Oʻzbekiston fuqarosi boʻlsangiz yetarli.

Musobaqa toʻrt bosqichda tashkil etiladi: hududiy (19-22-oktyabr) va onlayn saralash (24-oktyabr), shuningdek, yarim final (28-oktyabr) va final (29-30-oktyabr) oʻyinlari. Eʼtiborli jihati, hududiy saralashdan oʻta olmagan yoki unda qatnasha olmagan talabgorlarga onlayn saralashda qatnashib, yarim finalga chiqish uchun qoʻshimcha imkoniyat beriladi.

Chempionatda qatnashish istagida boʻlganlar 15-oktyabr soat 23:59 ga qadar gambit.zakovatklubi.uz sayti orqali oʻz reytingiga mos guruhni tanlagan holda roʻyxatdan oʻtishi lozim.

Albatta qatnashing, bu nafaqat professional, balki havaskor shaxmatchilar uchun ham eng yaxshi, nufuzli turnirlardan biri, o‘tgan yili taqdirlash marosimiga Saida Shavkatovna shaxsan o‘zi ishtirok etgan edi.

@domlajon
t.me/domlajon
  • ❤ 7
More from @domlajon
  1. Oct 14, 2026Aмерикалик ўқитувчи шундай дейди: бошланғич синф ўқувчиларига дарс бериш ниҳоятда оғирлаши…
  2. Oct 13, 2026#FidoyiUstozlar 50 yillik stajli, Sharof Rashidovlar bilan suhbatlashgan ustoz bilan ko‘ri…
  3. Oct 13, 2026Vazirlik nomi o‘zgardi. Maktab, bog‘chalardagi peshtaxtalarni o‘zgartirishga budjetdan pul…
  4. Oct 13, 20263 kundan buyon Yandex taxi tarmog‘i Rossiyadagi bazasi portlatilgani oqibatida bizda ham f…
  5. Oct 13, 2026Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri rahbarlik qiluvchi tuzilmas…
  6. Oct 13, 2026#FidoyiUstozlar 🌟 👩‍🏫 Murodova Nasiba — 25 yillik tajribaga ega fidoyi ustoz! 📍 Toshke…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →