TGViewer
Isroil Tillaboyev blogi Isroil Tillaboyev blogi @domlajon · 19.5K subscribers
Post #14496 2.7K
#FidoyiUstozlar 🌟

👩‍🏫 Murodova Nasiba — 25 yillik tajribaga ega fidoyi ustoz!

📍 Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani 46-maktab Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

Ba’zi ustozlar borki, ular shunchaki bilim bermaydi — shogirdlariga ishonch bag‘ishlaydi, ularga yo‘l ko‘rsatadi va katta marralarni zabt etishiga zamin yaratadi. Murodova Nasiba opa ana shunday ustozlardan biri.
Oliy toifali, o‘z kasbining haqiqiy bilimdoni bo‘lgan Nasiba ustoz 25 yillik pedagogik faoliyati davomida o‘zining bilim va tajribasi, talabchanligi hamda shogirdlariga bo‘lgan samimiy e’tibori bilan e’tirofga loyiq iz qoldirib kelmoqda.

Ustoz mehnatining eng katta samarasi — kamolga yetgan shogirdlaridir. Uning shogirdlaridan biri Jahongir Turg‘unbayev Maxsudali o‘g‘li 2026-yilgi "Yil o‘qituvchisi" tanlovi g‘olibi, shuningdek, vazir ustamasi sohibi hisoblanadi. Ustozning boshqa shogirdlari orasida ham olimpiada sovrindorlari ko‘pligi uning pedagogik mahorati va samarali mehnatidan dalolat beradi.

Jahongir Turg‘unbayev ustozini nafaqat bilim bergan muallim, balki o‘ziga ishongan, doimo qo‘llab-quvvatlagan va muvaffaqiyat sari ruhlantirgan inson sifatida qadrlaydi.
Zero, shogirdning yutug‘i ortida ko‘pincha yillar davomida qilingan ustoz mehnati, berilgan saboq va bildirilgan ishonch mujassam bo‘ladi.

🤝 Murodova Nasiba ustoz "Fidoyi ustozlar" loyihasiga shogirdi Jahongir Turg‘unbayev tomonidan tavsiya etildi.

Siz ham Kontent markazining "Fidoyi ustozlar" loyihasi yordamida o‘z hayotida chuqur iz qoldirgan, shogirdlari kamoloti uchun sidqidildan mehnat qilayotgan ustozingizni butun O‘zbekistonga taniting!

📩 Tavsiyalar: @fidoyibot

#fidoyi_ustozlar

@domlajon
t.me/domlajon
Telegram Isroil Tillaboyev blogi ✍️Блогер Исроилжон Тиллабоевнинг шахсий мулоҳазалари канали Гуруҳга марҳамат: @domlajon1 Реклама учун: @Tillaboyev_ads_bot https://t.me/boost/domlajon https://t.me/+WUqwChJg0-U5y_0S
  • 👍 16
More from @domlajon
  1. Oct 13, 2026Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri rahbarlik qiluvchi tuzilmas…
  2. Oct 12, 2026Uni-buni qo‘yinglar, menga yangi Taʼlim va ilm-fan vazirligining vazir o‘rinbosarlari kiml…
  3. Oct 12, 2026Qoraxabardaqa kanallar Zaylobiddin Nizomiddinovni Sirdaryoga hokim bo‘ldi, deb eʼlon qilib…
  4. Oct 12, 2026Жорий йилнинг 16 октябридан бошлаб ички йўналишларда авиачипталар нархлари ўртача 20 фоизг…
  5. Oct 12, 2026Boshlang‘ich taʼlim o‘qituvchilari Milliy sertifikatlari bo‘yicha ko‘p savollar yig‘ilib q…
  6. Oct 12, 2026Zo‘r o‘xshatish bo‘libdi. @domlajon t.me/domlajon
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →