Uni-buni qo‘yinglar, menga yangi Taʼlim va ilm-fan vazirligining vazir o‘rinbosarlari kimlar tayinlanishi qiziq. Chunki mana shu tayinlovlar taʼlim vazirligining qay darajada tashkil etilishiga katta signal beradi.
Bugun yangi vazir Erkinjon Turdimov tushlikkacha sobiq oliy taʼlim vazirligi rahbariyati bilan, tushlikdan keyin sobiq maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi masʼullari bilan uchrashuv o‘tkazib, tanishdi.
Avvalgi tizimdagidek har ikki tarafda 5-6 tadan vazir o‘rinbosari saqlansa va vazir suhbatni mana shunday ikki tomonlama alohida olib bormasa kerak hadeb. Albatta, umumiy o‘rinbosarlar tayinlanadi. Lekin bunga hali shoshilishmaydi shekilli, chuqur o‘ylab shu hafta ichi tayinlansa kerak, deb o‘ylayman. IMHO.
Bu postdan biron soat o‘tib tayinlov eshitsak ham to‘g‘ri tushunamiz, bunday, bir hokimlik haqida bir soatda 2 xil xabar chiqib turgan tezkor davrda har narsa bo‘lishi mumkin)
@domlajon
t.me/domlajon
Post #14495
5.49K
- 😁 18
- 👍 15
- ❤ 8