3 kundan buyon Yandex taxi tarmog‘i Rossiyadagi bazasi portlatilgani oqibatida bizda ham falaj bo‘lmoqda.
Juda qiziq, informatsion raqamli sohasi shunday jadal rivojlanayotgan davlat o‘zining milliy taxi tarmog‘idan 10 tasini ishlatib qo‘ysa bo‘ladigan salohiyatga ega, viloyatlarda qisqa raqamlarga telefon qilish orqali taxi kompaniyalari xizmat qilmoqda, lekin shular ham monopolist borib biron yil arzon qilib, yovvoyi monopol demping siyosati tufayli sinib ketadi. Keyin yana qarabsizki monopol kuchayadi.
Taxi kompaniyalarimizning achinarli bu tajribasini ko‘rib, O‘zbekiston Pochtasi AJ boshqaruv kengashiga 5 nafar begona davlat kompaniyasi (Wildberries) vakili qo‘shilganiga yanada xavotirim oshdi.
@domlajon
t.me/domlajon
Post #14498
3.56K

- ❤ 9
- 🔥 3
- 😁 3