TGViewer
Isroil Tillaboyev blogi Isroil Tillaboyev blogi @domlajon · 19.4K subscribers
Post #14462 6.61K
#FidoyiUstozlar

Bir ustozning yutug‘i — ortida butun bir maktab jamoasining mehnati.

Kontent markazining “Fidoyi ustozlar” loyihasiga yuborilgan navbatdagi ustoz — Yakkasaroy tumanidagi 118-maktab ona tili fani o‘qituvchisi Zilola Mirzayeva.

Zilolaxon ustoz yosh bo‘lishiga qaramay, maktab jamoasi va o‘quvchilari orasida katta hurmat va e’tibor qozongan. Bilimi, mehnatsevarligi va o‘quvchilariga bo‘lgan e’tibori natijasida ko‘plab shogirdlari yuqori natijalarga erishmoqda.

Ustoz ikki marta vazir ustamasini qo‘lga kiritgan. Boshqa ustamalari bilan birga oylik daromadi 20 million so‘mdan oshar ekan.

Ammo meni eng ko‘p e’tiborimizni tortgani — bu natijalarning ortida turgan maktabdagi do‘stona va ahil muhit bo‘ldi.

Maktab rahbari Fotima Kulmurodovna o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlashi va katta natijalarga erishishi uchun zarur sharoitlarni yaratib bergan. Ustozlar esa yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z bilimini va shogirdlari bilimini oshirish orqali natija ko‘rsatmoqda.

Masalan, Zilolaxon ustoz o‘tgan yili ta’lim bergan 11-sinf o‘quvchilarining 85 foizi milliy sertifikat olishiga erishgan.
Biz darsdan keyin maktabga borganimizda ham ustoz o‘quvchilar bilan mashg‘ulot olib borayotgan ekanlar. Ya’ni, qo‘ng‘iroq chalinishi bilan ustozning mehnati to‘xtamaydi.

Yana bir jihat bizda alohida taassurot qoldirdi.
118-maktab 1936-yilda qurilgan va davlat muhofazasiga olingan tarixiy bino. Shuncha yillik tarixga ega bo‘lishiga qaramay, maktabning sinfxonalari va koridorlari ozoda, saranjom-sarishta — go‘yo kecha qurilgandek.

Maktab jamoasiga havas qildim.
Bunday ustozlar, bunday jamoalar haqida ko‘proq gapirish kerak. Chunki fidoyi ustozning mehnati ko‘rinishi, qadrlanishi va boshqalarga namuna bo‘lishi kerak.

Samimiy suhbat uchun Zilolaxon ustozga va maktab rahbari Fotima Kulmurodovna opaga katta rahmat aytamiz.

Ogohlantirib qo‘yay, suhbatimiz to‘satdan, hech bir tayyorgarliksiz samimiy bo‘ldi, oxirigacha albatta ko‘ring, zavqlanasiz:

👇👇👇
https://www.instagram.com/reel/DeMe0XdMYgH/?stkn=MWF3azdtcDI2bWJyaQ==


Siz ham shunday fidoyi ustozlarni bilasizmi?
Bizga yuboring. Biz ular faoliyat yuritayotgan maktabga borib, mehnati va natijalarini barchaga namoyish qilamiz.

📩 Fidoyi ustozni tavsiya qilish: @fidoyibot


@domlajon
t.me/domlajon
  • ❤ 51
  • 👏 17
  • 🔥 6
  • 😱 2
  • 👍 1
More from @domlajon
  1. Oct 14, 2026Aмерикалик ўқитувчи шундай дейди: бошланғич синф ўқувчиларига дарс бериш ниҳоятда оғирлаши…
  2. Oct 13, 2026#FidoyiUstozlar 50 yillik stajli, Sharof Rashidovlar bilan suhbatlashgan ustoz bilan ko‘ri…
  3. Oct 13, 2026Shaxmat orqali katta mukofot yutish imkoni: sovrin jamgʻarmasi 620 million soʻm boʻlgan "Z…
  4. Oct 13, 2026Vazirlik nomi o‘zgardi. Maktab, bog‘chalardagi peshtaxtalarni o‘zgartirishga budjetdan pul…
  5. Oct 13, 20263 kundan buyon Yandex taxi tarmog‘i Rossiyadagi bazasi portlatilgani oqibatida bizda ham f…
  6. Oct 13, 2026Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri rahbarlik qiluvchi tuzilmas…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →