TGViewer
Channel Public Channel
Digital.edu IT Career

Digital.edu IT Career

@digitalitvacancy

Raqamli ta'limni rivojlantirish markazining IT mehnat bozoriga bag'ishlangan kanali [vakansiyalar, dolzarb yo'nalishlari, kompaniyalar talablari]
Subscribers
1.6K
Photos
520
Videos
27
Links
455

Showing posts older than #736 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #735 1.31K
ANORBANK AT jamoasi kengayishda davom etmoqda – Siz uchun yangi imkoniyatlar eshigi!

📍 Joylashuv: Toshkent

🔗 Tarmoq administratori (havola)
🔗 Senior tizim tahlilchisi (havola)
🔗 Ma’lumotlar tahlilchisi (havola)
🔗 Java Backend dasturchisi (Middle+/Senior) | B2B to‘lovlar / BNPL (havola)
🔗 Senior ma’lumotlar tahlilchisi (havola)
🔗 Senior tizim tahlilchisi (havola)
🔗 IT loyiha menejeri (Middle+/Senior) (havola)
🔗 Ma’lumotlar bazasi administratori (Senior Oracle DBA) (havola)
🔗 Tizim tahlilchisi (Middle+/Senior) | B2B (havola)
🔗 Yetakchi Android dasturchisi (havola)
🔗 Sayt ishonchliligi bo‘yicha muhandis (SRE) (havola)

⌛ Shoshiling, bunday qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🚀 Telegram
  • ❤ 4
  • 😍 2
  • 🔥 1
  • 🕊 1
Post #734 844
Intervyuda Sizni boshqa nomzodlardan ajratib turadigan 3 muhim omil

👨‍💻 Ishga qabul qilinish jarayonida tajriba bilan bir qatorda, intervyuga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda bilim, ko‘nikma va salohiyatni ishonchli namoyish etish muhim ahamiyatga ega.

1️⃣"O‘zingizni tanishtiring."
Ko‘pchilik shu yerning o‘zidayoq imkoniyatni boy beradi:
❌"Talabaman."
❌ "23 yoshdaman."
❌ "Farg‘onalikman."
Ish beruvchi Sizning hayotingizdagi umumiy faktlarni emas, balki kompaniya uchun qanday qiymat yarata olishingizni bilishni istaydi. Shuning uchun e'tiborni rivojlanayotgan yo‘nalishingiz, loyihalaringiz va natijalaringizga qarating.
Masalan:
✅ "Frontend yo‘nalishida rivojlanyapman. 3 ta loyiha ustida ishlaganman va amaliyot orqali real tajriba orttirishni maqsad qilganman."

2️⃣ "Nega aynan biz?"
Bu savol orqali ish beruvchi Sizning qiziqishingizni tekshiradi.
❌ "Ish kerak edi."
Bu javob sizni boshqa nomzodlardan ajratmaydi.
Buning o‘rniga kompaniya faoliyati bilan tanishganingizni ko‘rsating.
✅"Kompaniyangizning CRM yechimlari va B2B loyihalari bilan tanishdim. Aynan shu yo‘nalishda amaliy tajriba orttirishni xohlayman."

Ba'zan 15 daqiqalik izlanish o‘nlab nomzodlardan ajralib turishingiz uchun yetarli bo‘ladi.

3️⃣ "Bizga savollaringiz bormi?"
Intervyu faqat savollarga javob berishdan iborat emas.
Sizning savollaringiz ham qiziqishingiz va mas'uliyatingizni ko‘rsatadi.
❌"Yo‘q."
Buning o‘rniga:
✅ "Agar ishga qabul qilinsam, dastlabki 3 oy ichida mendan qanday natijalar kutiladi?"

Bu Sizning ishga jiddiy yondashayotganingizni ko‘rsatadi.

Junior mutaxassislarga kichik tavsiya:
Junior darajadagi vakansiyalarning katta qismi ochiq e’lon qilinmaydi. Ko‘plab kompaniyalar bunday mutaxassislarni tavsiyalar, stajirovka natijalari yoki professional hamjamiyatlar orqali ishga qabul qiladi. Shu sababli faqat yangi vakansiyalar e’lon qilinishini kutish har doim ham kutilgan natijani bermaydi.

Ish topish imkoniyatini oshirish uchun o‘zingizni ish beruvchilar ko‘ra oladigan darajaga olib chiqish muhim: portfolio ustida ishlash, LinkedIn profilingizni muntazam yangilab borish, professional hamjamiyatlarda faol bo‘lish va yangi aloqalar o‘rnatish bunga katta yordam beradi.


Kompaniya haqida oldindan izlanish, o‘zingizni to‘g‘ri tanishtirish va mazmunli savol berish intervyu oluvchida Siz haqingizda ijobiy taassurot qoldiradi.

🚀 Telegram
  • 🔥 3
  • ❤ 1
  • ❤‍🔥 1
  • 🥰 1
  • 🕊 1
  • 💯 1
Post #733 770
  • 🔥 3
  • 🕊 2
  • ⚡ 1
  • 👍 1
  • 😁 1
  • 😍 1
Post #732 1.09K
Hududlardagi "IT shaharcha"larga mentorlikka ishga taklif etiladi

📖 Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hududlardagi "IT-shaharcha" loyihasi uchun mentorlarni tanlov asosida ishga taklif etadi. "IT-shaharcha" – 5–11-sinf o‘quvchilariga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni bepul o‘rgatishga qaratilgan loyiha bo‘lib, har bir markazda yiliga 300 nafargacha o‘quvchi malakali mentorlar rahbarligida tahsil oladi.

✅ Mentorlik yo‘nalishlari:
➡️Kompyuter savodxonligi;
➡️Dasturlash;
➡️Kibersport;
➡️Robototexnika;
➡️Grafik dizayn;
➡️Sun’iy intellekt;
➡️Ingliz tili;
➡️Koreys tili;
➡️Nemis tili;
➡️Yapon tili.


✅ Mentorlikka talablar:
➡️Ingliz tili - IELTS sertifikati 6,0 darajadan yuqori yoki ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha diplom (masalan, CELTA) kabi sertifikat;
➡️Koreys, yapon va nemis tillari: B2-C1 darajasi;
➡️Dasturlash - kamida bitta dasturlash tilini (masalan, Python, Java, C++, JavaScript, Frontend) chuqur bilish. Tizim boshqaruvi, ma’lumotlar bazalari, tarmoq va boshqa asosiy sohalar bo‘yicha chuqur bilim;
➡️Grafik dizayn - sohaga tegishli dasturlar bilan ishlashda mukammal ko‘nikmalar. Har xil turdagi grafikalar, jumladan UI/UX dizayni, 2D va 3D grafikalarni yaratish tajribasi;
➡️Game Development - o‘yinni ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan Unity, Unreal Engine da ishlash tajribasi. C#, C++, Python va algoritmlarni ishlab chiqish tajribasi.
➡️IT sohasida ish tajribasi va tegishli sertifikat, diplomlarga ega bo‘lish.

✅Kerakli malaka va ko‘nikmalar:
➡️O‘quvchilar va hamkasblar bilan muloqotga kirishuvchanlik;
➡️Talabalar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va kelishmovchiliklarni hal qilishda yordam berish qobiliyati;
➡️Yuqori darajadagi professionallik va mas’uliyatga ega bo‘lishi kerak;
➡️Tahliliy ko‘nikmalar.


💰Ish haqi suhbat asosida belgilanadi.

📩 Ariza qoldirish uchun: havola

⌛ Shoshiling, bunday qulay imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!

🚀 Telegram
  • 👍 8
  • ❤ 3
  • ⚡ 1
  • 🔥 1
  • 🕊 1
Post #731 1.4K
🤖 AI'ni yetakchi kompaniyalardan bepulga o‘rganing!

Google, Microsoft, OpenAI, NVIDIA, Meta va boshqa kompaniyalarning bepul AI kurslari va resurslari bir joyda.

🔗 Batafsil: ushbu havola

📌Kurslar ingliz tilida.

⚡️Shoshiling, bunday qulay imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!

🚀 Telegram
  • 🔥 3
  • ❤ 1
  • 👏 1
  • 🤩 1
  • 🕊 1
  • 😍 1
Post #730 997
Yosh AT mutaxassislari uchun bepul Dev Camp!

💡Yandex Uzbekistan talaba va IT yo‘nalishini yaqinda tamomlaganlar uchun bepul Dev Camp dasturiga qabul boshladi.

📍 Manzil: Toshkent, Yandex Uzbekistan ofisi
⌛ Davomiyligi: 3 hafta
📱 Boshlanishi: 10-oktabr
👨‍💻 Format: Oflayn
▶️ Tillar: Ingliz va rus tillari
🧐 Ishtirok: Bepul

📌Dastur doirasida:
➡️Backend dasturlash
➡️Sun’iy intellekt va algoritmlar
➡️Yandex muhandislari bilan amaliy mashg‘ulotlar

🔴 Dastur yakunida eng yaxshi ishtirokchilar Yandex Uzbekistan’dagi internship dasturlariga tezlashtirilgan saralash bosqichida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

⚠️ Ariza topshirish muddati: 30-sentabr

📩 Ariza topshirish uchun: havola

⚡️Shoshiling, bunday qulay imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!
  • 🔥 4
  • ⚡ 1
  • ❤ 1
  • 👍 1
  • 🥰 1
  • 🕊 1
Post #729 1.11K
“Al-Xorazmiy vorislari” loyihasi uchun trenerlikka qabul ochildi

💡 Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi 1 haftalik o'quv mashgʻulotlari uchun tajribali mentorlarni ishga qabul qiladi.

📖 Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi "Muhammad al-Xorazmiy vorislari loyihasi" doirasida Xorazm viloyati Urganch shahrida tashkil etilayotgan ToT (Traning of Trainers) oʻquv mashgʻulotlari uchun mentorlarni izlamoqda.

✅Mentorlik yo‘nalishlari:
1. UI/UX dizayn
2. Advanced Front-end
3. Advanced Back-end
4. Android dasturlash
5. BI mutaxassisligi
6. DevOps
7. Kiberxavfsizlik
8. Game Design
9. IoT


👨‍💻 Kerakli malaka va ko‘nikmalar:
➡️O‘quvchilar va hamkasblar bilan samarali muloqot qila olish;
➡️Talabalar o‘rtasida yuzaga keladigan muammolarni hal qilish qobiliyati;
➡️Yuqori darajadagi professionallik va mas’uliyat;
➡️Tahliliy fikrlash ko‘nikmalari.

💰 Ish haqi suhbat asosida belgilanadi.

⚠️ Arizalar muddati 3-sentyabrga qadar qabul qilinadi.

📩 Ariza qoldirish uchun: havola

⌛ Shoshiling, bunday qulay imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!

🚀Telegram |📷 Instagram
  • 🔥 5
  • ⚡ 2
  • ❤ 1
  • 👍 1
  • 🥰 1
  • 🏆 1
Post #728 982
SWIFT ROUTE kompaniyasida logistika sohasida karyera boshlash uchun ajoyib imkoniyat!

✅ Lavozim: Logist/Dispetcher
⌛ Ish haqi: 5 000 000 – 12 000 000 so‘m daromad
🧳 Ish turi: Ofisdan hamda uydan turib ishlash imkoniyati
📍 Manzil: Chirchiq shahri

📌 Vazifalar:
Logistika sohasida faoliyat yuritish.

👨‍💻 Talablar:
✔️Tajriba shart emas – kasb o‘rgatiladi!
✔️O‘zbekcha / Русский
✔️Faol va maqsadli xodimlar

🧳 Sharoitlar:
✔️Erkin ish grafigi
✔️O‘sish va yuqori daromad imkoniyati
✔️Uydan turib ishlash imkoniyati
✔️Ofisdan hamda uydan turib ishlash imkoniyati

📩 Ariza topshirish uchun: havola

⚡️Shoshiling, bunday qulay imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!
  • 🔥 2
  • 🕊 2
  • 👍 1
  • 👏 1
Post #727 954
Frontend yo‘nalishidagi dasturchilar uchun imkoniyat!

Lavozim: AT mentor
Ish sharoiti: hamkorlik asosida, masofadan
Maosh: 10 mln dan boshlab

📌Talablar:
✔️ Frontend yo‘nalishida kamida 1–2 yil professional tajriba
✔️ HTML, CSS, JavaScript va TypeScript’ni yaxshi bilish
✔️ React va Next.js bilan ishlash tajribasi
✔️Tailwind CSS va Vite kabi zamonaviy vositalarni bilish
✔️Moslashuvchan interfeyslar va zamonaviy frontend amaliyotlarini tushunish
✔️Texnik mavzularni sodda va tushunarli tushuntira olish
✔️Kodni tahlil qilish va foydali fikr-mulohaza bera olish
✔️O‘rganish, o‘rgatish va mentorlikka qiziqish

➕ Backend bo‘yicha bilim va tajriba katta ustunlik hisoblanadi, lekin majburiy emas.

👨‍💻 Vazifalar:
➡️Jonli dars va mentorlik mashg‘ulotlarini o‘tkazish
➡️O‘quvchilarning vazifa, loyiha va kodlarini tekshirish
➡️Amaliy tajriba bilan bo‘lishish va o‘quvchilarning muammo yechish ko‘nikmalarini rivojlantirish

📩 Ariza topshirish uchun: havola

⚡️Shoshiling, bunday qulay imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!
  • ⚡ 2
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 🥰 1
  • 🕊 1
Post #726 797
Tajribali Golang backend dasturchilar uchun imkoniyat!

📍 Joylashuv: Toshkent, O‘zbekiston
🏢 Ish formati: Ofisdan

📌Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
✔️ Go dasturlash tilida kamida 3 yillik tajriba
✔️ Go concurrency va context mexanizmlarini yaxshi tushunish
✔️ RESTful API’larni loyihalash va ishlab chiqish tajribasi
✔️ SQL ma’lumotlar bazalari bilan ishlash tajribasi
✔️ Toza, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish oson bo‘lgan kod yozish ko‘nikmasi

📱 Qo‘shimcha afzallik sifatida:
➡️ JWT va RBAC bilan ishlash tajribasi
➡️ Docker va CI/CD bo‘yicha bilim va tajriba
➡️ Message queue yoki background job’lar bilan ishlash tajribasi
➡️ Monitoring va logging vositalari bilan ishlash ko‘nikmasi

🧳 Taklif etiladi:
✔️ Yuqori maosh
✔️ Karyerada rivojlanish imkoniyati
✔️ Bonuslar
✔️ Qulay ofis sharoiti

📩 Ariza topshirish uchun: havola

⚡️Shoshiling, bunday qulay imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!
  • 👍 3
  • 🔥 1
  • 👏 1
  • 🎉 1
  • 🕊 1
  • 😍 1
Post #725 834
Akademik bo‘limga metodist lavozimiga mutaxassis qidirilmoqda!

🏢 Tashkilot: Profit Arena Global MChJ
📍 Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani
⌛ Ish vaqti: 6/1, 10:00–18:00
💰 Maosh: 8 000 000 – 10 000 000 so‘m

📌Asosiy vazifalar:
✔️Matematika, ingliz tili va informatika fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish;
✔️O‘quv jarayoniga sun’iy intellekt vositalarini integratsiya qilish;
✔️Zamonaviy va xalqaro ta’lim metodikalarini qo‘llash;
✔️LMS platformalari va raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish;
✔️O‘quv materiallarini ishlab chiqish va takomillashtirish.

✅ Talablar:
➡️1–3 yillik ish tajribasi;
➡️Xalqaro ta’lim metodikalari bo‘yicha bilim;
➡️Python, Scratch, Figma, Notion, MS Office bilan ishlash ko‘nikmalari;
➡️ChatGPT, Claude, Midjourney kabi AI vositalaridan faol foydalanish;
➡️Yangi bilimlarni tez o‘zlashtirish;
➡️Tanqidiy va tizimli fikrlash;
➡️Berilgan vazifalarni mas’uliyatli va yuqori sifatda bajarish.

📩 Ariza topshirish uchun: havola
📞 Aloqa: +998 90 959 73 74
⏰️ Murojaat vaqti: 10:00–17:00

⚡️Shoshiling, bunday qulay imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!

🚀 Telegram
  • ❤ 4
  • ⚡ 2
  • 🔥 1
  • 🥰 1
Post #724 800
Texnik yordam yo‘nalishida faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan ayol mutaxassislar uchun imkoniyat!

🏢 Tashkilot: Realsoft
📍 Joylashuv: Toshkent, Kichik halqa yo‘li, 38
💼 Bandlik: To‘liq stavka, ofisda
💰 Maosh: 3 000 000 – 6 000 000 so‘m
⚠️ Lavozimga qizlar taklif etiladi.

📌Asosiy vazifalar:
✔️Kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish va qayta ishlash;
✔️Chat orqali kelib tushgan murojaatlarga javob berish;
✔️Foydalanuvchilarga texnik masalalar bo‘yicha maslahat berish;
✔️Texnik murojaatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va mas’ul mutaxassislarga yo‘naltirish;
✔️Murojaatlarning hal etilishini nazorat qilish va foydalanuvchilarga qayta aloqa berish;
✔️Ichki texnik tizimlar va xizmatlar bilan ishlash.

📱 Talablar:
➡️O‘zbek tilini mukammal darajada bilish (C2);
➡️Muloqot va telefon orqali muzokara olib borish ko‘nikmalari;
➡️Ishbilarmonlik yozishmalari va kommunikatsiya madaniyati;
➡️Mas’uliyatlilik va foydalanuvchilar bilan xushmuomalalik bilan ishlash.

🧳 Taklif etiladi:
✔️Zamonaviy va qulay ofis;
✔️Murabbiy bilan jihozlangan sport zali;
✔️Korporativ ingliz tili darslari;
✔️Bepul tushlik;
✔️Kasbiy va martaba rivojlanishi uchun imkoniyatlar.

📩Ariza topshirish uchun: havola

⚡️Shoshiling, bunday qulay imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!

🚀 Telegram
  • ❤ 4
  • ⚡ 1
  • 🔥 1
  • 🥰 1
  • 🕊 1
Post #723 1.2K
Sirdaryo viloyatida tajribali menejerlar uchun ajoyib imkoniyat!

📍 Manzil: Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani
⌛️ Ish vaqti: To‘liq ish vaqti
💰 Ish haqi: Kelishilgan holda

📖Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hududlardagi “IT-shaharcha” loyihasi doirasida Sirdaryo tumanidagi markaz faoliyatini muvofiqlashtirish uchun menejer lavozimiga nomzodlarni ishga taklif etadi.

“IT-shaharcha” – 5–11-sinf o‘quvchilariga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni bepul o‘rgatishga qaratilgan loyiha. Har bir markazda yiliga 250 nafargacha o‘quvchi malakali mentorlar rahbarligida ta’lim oladi.

👨‍💻Nomzodlar uchun talablar:
✔️ Oliy ma’lumot
✔️Ta’lim loyihalarini boshqarish va muvofiqlashtirish ko‘nikmasi
✔️ Jamoa bilan ishlash va mentorlar faoliyatini muvofiqlashtirish
✔️Hujjatlar va hisobotlar bilan ishlash ko‘nikmasi
✔️AKT vositalaridan samarali foydalanish
✔️Tahliliy fikrlash va mas’uliyatlilik
✔️O‘quvchilar, ota-onalar va hamkorlar bilan samarali muloqot qila olish

🧳Qo‘shimcha ko‘nikmalar:
➡️Tashkilotchilik va liderlik qobiliyati
➡️Muammolarni tezkor va samarali hal qilish
➡️Tashabbuskorlik va natijaga yo‘naltirilganlik
➡️Ta’lim sohasidagi loyihalar bilan ishlash tajribasi

📩Ariza topshirish uchun: havola

🚀 Telegram
  • 🔥 6
  • 👍 2
  • ❤‍🔥 1
  • ❤ 1
  • 🎉 1
Post #722 1.62K
IOI 2026 doirasida Volontyorlik Imkoniyati (Data Analytics)

🌍9–16-avgust kunlari Toshkent shahrida dunyoning eng nufuzli dasturlash musobaqalaridan biri – Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2026) bo‘lib o‘tadi. Har yili ushbu nufuzli xalqaro tadbir dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan iqtidorli maktab o‘quvchilari, delegatsiya rahbarlari hamda xalqaro IT hamjamiyati vakillarini bir joyga jamlaydi.

📊 Data Analytics yo‘nalishi bo‘yicha 4 nafar volontyor qabul qilinmoqda.

📌Volontyor sifatida Siz:
✔️Xalqaro tadbirni tashkil etish jarayonida ishtirok etasiz;
✔️Professional tajriba va netvorking imkoniyatiga ega bo‘lasiz;

👨‍💻Talablar:
✔️Mas'uliyatli va intizomli bo‘lish;
✔️Jamoada samarali ishlay olish;
✔️Vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
✔️Ingliz tilini bilish.

➕Volontyorlar uchun:
🤩 IOI 2026 tomonidan rasmiy volontyorlik sertifikati taqdim etiladi;
🏨 Yashash joyi bilan ta’minlanadi;
🍽 Kunlik ovqatlar beriladi;
🎁Tadbir yakunida esdalik sovg‘alari topshiriladi.

📩 CV yuborish uchun: havola

⚡️ Xalqaro tadbirning bir qismiga aylaning, qimmatli tajriba orttiring va IOI 2026 jamoasiga qo‘shiling!

🚀 Telegram
  • 👍 4
  • 🔥 1
  • 👏 1
  • 🕊 1
  • 🏆 1
Post #721 1.61K
AI va Machine Learning'ni o‘rganish uchun eng yaxshi 9 ta bepul YouTube kurslari

🤖Sun'iy intellekt (AI) va Machine Learning sohasida mustahkam bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishni istasangiz, quyida tavsiya etilgan bepul YouTube kurslari Siz uchun ishonchli boshlanish nuqtasi bo‘la oladi.

🔗Kurslar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

📌Eslatma: barcha kurslar ingliz tilida taqdim etilgan.

🚀 Telegram
  • 🔥 5
  • ❤ 1
  • 👍 1
  • 👏 1
  • 🎉 1
  • 🤩 1
Post #720 1.63K
EPAM .NET Development kursida ishtirok etish imkoniyati

💡EPAM'ning 22 haftalik bepul onlayn dasturida ishtirok eting va .NET dasturlash bo‘yicha bilim hamda amaliy ko‘nikmalaringizni rivojlantiring.

💙 Format: Onlayn
📅 Boshlanishi: Oktyabr
⏲️ Davomiyligi: 22 hafta (taxminan 4,5–5 oy)
💰 Narxi: Mutlaqo bepul
🎓 Ta'lim tili: Ingliz tili
⌛ Haftalik yuklama: Taxminan 20 soat

📱 Dastur davomida nimalarni o‘rganasiz?
✔️ C# va .NET platformasi
✔️ ASP.NET
✔️ Design Patterns
✔️ Application Architecture
✔️ Ma'lumotlar bilan ishlash
✔️ Multithreading va Asynchronous Programming
✔️ Serialization
✔️ Git bilan ishlash

👨‍💻 Kimlar qatnasha oladi?
➡️ O‘zbekiston fuqarolari yoki doimiy rezidentlari
➡️ Universitet talabalari, bitiruvchilari va kasbini o‘zgartirmoqchi bo‘lganlar
➡️ 18 yosh va undan kattalar

✅ Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
➡️Ingliz tilini kamida B1 darajasida bilish
➡️ .NET asoslarini bilish
➡️ Git bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish

➕Dastur afzalliklari:
⚫️ EPAM mutaxassislari bilan ishlash imkoniyati
⚫️ Bepul o‘quv materiallari
⚫️ Amaliy topshiriqlar
⚫️ Mentorlar ko‘magida Q&A sessiyalari
⚫️ Dastur yakunida muvaffaqiyatli bitiruvchilar uchun EPAM Lab Internship dasturida ishtirok etish imkoniyati


📩 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: havola

⚡️Bilimlaringizni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish va EPAM mutaxassislaridan o‘rganish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

🚀 Telegram
  • 🔥 5
  • ❤ 2
  • 👏 1
  • 🎉 1
Post #719 1.29K

Forwarded from Digital.uz

📇 👨‍💻“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kurslariga 2026/2027 o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda!

💡 Hurmatli talabalar (Davlat oliygohida 2-bosqichni bitirib 3-bosqichga o‘tadiganlar uchun)! Yangi bilimlar sari intilayotgan, raqamli savodxonlik va texnologiyalarga qiziqayotgan yoshlarga ajoyib imkoniyat!

🎯Sun'iy intellekt yordamida kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, egallayotgan mutaxassisligingiz bo‘yicha zamonaviy va professional kasb egasiga aylanish hamda yuqori maosh egasi bo‘lishni xohlasangiz, unda Siz uchun bu kurs unikal imkoniyat! Vaqtni qo‘ldan boy bermang!

🚀 Tanlovda ishtirok eting va “Data Science” kurslarida bepul tahsil olish huquqini qo‘lga kiriting!

📍Akademik mobillik: tanlov g‘oliblari kurs davomida (bir o‘quv yilida) Toshkent shahrida tahsil oladi;

O‘qish davri uchun:
– bir mahal issiq ovqat;
– rag‘bat puli (oyiga – 1 450 240 so‘m) beriladi.

Moddiy texnik ta’minot:
– noutbuk;
– internet ;
– online darsliklar;
– amaliyotchi mutaxassislar darslari.


📊 Kursda:
“Startup”lar va zamonaviy muammolarni AT yechimlar bilan integratsiya qilish (vibe coding, Python, R, SQL, Power BI, ML, AI asoslari) ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Bitiruv malaka ishi "Startup" loyiha sifatida qabul qilinadi.

🗓 Hujjatlar qabuli 2026-yil 31-iyul 23:59 ga qadar belgilandi.


🗺Hujjat topshirish: onlayn, ikki bosqichdan iborat.
1. 🌐 dscience.uz saytiga tashrif buyuring va ariza qoldiring!
2. 💻 Shaxsiy kabinetga kirib ro‘yxatdagi hujjatlarni yuklang. (Shaxsiy kabinetga kirish uchun arizangizdagi elektron pochtangizga login va parol yuboriladi.)

Hujjatlar ro‘yxati:
⏺ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
⏺ Transkript (GPA);
⏺ Akademik qarzdorlik yo‘qligi haqida ma’lumotnoma (Hemis);
⏺ Motivatsion xat (2 betdan kam bo‘lmasin):
⏺ Sertifikatlar va tavsiyanomalar (mavjud bo‘lsa);
⏺ Portfolio (OTM da tahsil olish davrida erishilgan yutuqlarni isbotlovchi hujjatlar nusxalari, patent, sertifikat va shu kabi hujjatlar nusxalari).

💼 Barcha hujjatlar bitta *PDF faylga birlashtirilib yuklanishi kerak. Fayl hajmi 10 MB dan oshmasligi lozim.


👨‍💻 Mirzo Ulug’bek Vorislari
📞 +998 90 177 20 22

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
  • 🔥 4
  • ❤ 2
  • 👍 1
  • 👏 1
Post #718 1.05K

Forwarded from Digital.edu IT Career

“Al-Xorazmiy vorislari” loyihasi uchun mentorlikka qabul ochildi

📖Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi "Al-Xorazmiy vorislari" loyihasi doirasida Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tuman va shaharlarida hamda Respublika bo‘ylab barcha viloyat markazlarida olib boriladigan mashg‘ulotlar uchun sun’iy intellekt, ma’lumotlar tahlili, kiberxavfsizlik, o‘yin yaratish va boshqa IT yo‘nalishlari bo‘yicha mentorlarni taklif etadi.

✅Mentorlik yo‘nalishlari:
➡️Game Development
➡️Artificial Intelligence & Machine Learning
➡️Data Analytics
➡️Cyber Security
➡️Frontend Development
➡️Backend Development
➡️Android Development
➡️iOS Development
➡️Cross-platform Mobile Development


✅Kerakli malaka va ko‘nikmalar:
➡️O‘quvchilar va hamkasblar bilan samarali muloqot qila olish;
➡️Talabalar o‘rtasida yuzaga keladigan muammolarni hal qilish qobiliyati;
➡️Yuqori darajadagi professionallik va mas’uliyat;
➡️Tahliliy fikrlash ko‘nikmalari.

⚡️Ish haqi suhbat asosida belgilanadi.

➡️Ariza qoldirish uchun: havola

⌛ Shoshiling, bunday qulay imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!

🚀Telegram |📷 Instagram
  • 🔥 4
  • ❤ 3
  • 👍 1
  • 👏 1
  • 🕊 1
Post #717 17K
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasiga mentorlar qabul qilinmoqda

📖Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ingliz tili bo‘yicha mentorlarni ishga taklif etadi.

⬇️Asosiy talablar:
➡️Tilni o‘qitish bo‘yicha bilim va amaliy tajriba;
➡️Grammatika, lug‘at, talaffuz, tinglab tushunish, o‘qish, yozish va suhbat ko‘nikmalarini o‘rgata olish;
➡️Xalqaro imtihonlarga tayyorlash tajribasi ustunlik beradi.


⬇️Kerakli ko‘nikmalar:
➡️Kuchli kommunikatsiya va jamoa bilan ishlash qobiliyati;
➡️Talabalar bilan ishlashda mas’uliyat va professionallik;
➡️Muammolarni hal qilish va tahliliy fikrlash ko‘nikmalari.


🔥Ish haqi suhbat asosida belgilanadi.

❗️Ariza qoldirish uchun havola: https://forms.gle/tS8qSx35y1DnaFGp6

❗️Arizalar 2026-yil 28-iyulga qadar qabul qilinadi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
  • 👍 5
  • ⚡ 1
  • ❤ 1
  • 🔥 1
  • 🕊 1
Post #716 1.2K
Toshkentda yangi ish imkoniyatlari!

💡GS1 Uzbekistan – O‘zbekistonda xalqaro GS1 standartlari asosida mahsulotlarni shtrix-kodlash va identifikatsiya qilish tizimini rivojlantiruvchi tashkilot. Bugungi kunda 5 000 dan ortiq korxona va tashkilot uning a'zosi hisoblanadi.

✅ Bandlik turi: To‘liq ish kuni
⌛ Ish vaqti: 10:00–18:00 (ofisdan)
📍 Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani
🌍 Majburiy til: Rus tili

Quyidagi lavozimlar uchun xodimlar ishga taklif etiladi:
✔️Buxgalter
✔️Kadrlar bo‘limi mutaxassisi
✔️Tender bo‘yicha mutaxassis
✔️Ishlab chiqarish bo‘limi menejeri
✔️Ish yurituvchi
✔️Rahbar yordamchisi

📩 Batafsil ma'lumot va ariza topshirish uchun: havola

⚡️Shoshiling, bunday qulay imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!

🚀 Telegram
  • ❤ 3
  • 🔥 2
  • 👏 2
  • 👍 1
  • 😁 1
  • 🤔 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →