TGViewer
Digital.edu IT Career Digital.edu IT Career @digitalitvacancy · 1.6K subscribers
Post #734 844
Intervyuda Sizni boshqa nomzodlardan ajratib turadigan 3 muhim omil

👨‍💻 Ishga qabul qilinish jarayonida tajriba bilan bir qatorda, intervyuga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda bilim, ko‘nikma va salohiyatni ishonchli namoyish etish muhim ahamiyatga ega.

1️⃣"O‘zingizni tanishtiring."
Ko‘pchilik shu yerning o‘zidayoq imkoniyatni boy beradi:
❌"Talabaman."
❌ "23 yoshdaman."
❌ "Farg‘onalikman."
Ish beruvchi Sizning hayotingizdagi umumiy faktlarni emas, balki kompaniya uchun qanday qiymat yarata olishingizni bilishni istaydi. Shuning uchun e'tiborni rivojlanayotgan yo‘nalishingiz, loyihalaringiz va natijalaringizga qarating.
Masalan:
✅ "Frontend yo‘nalishida rivojlanyapman. 3 ta loyiha ustida ishlaganman va amaliyot orqali real tajriba orttirishni maqsad qilganman."

2️⃣ "Nega aynan biz?"
Bu savol orqali ish beruvchi Sizning qiziqishingizni tekshiradi.
❌ "Ish kerak edi."
Bu javob sizni boshqa nomzodlardan ajratmaydi.
Buning o‘rniga kompaniya faoliyati bilan tanishganingizni ko‘rsating.
✅"Kompaniyangizning CRM yechimlari va B2B loyihalari bilan tanishdim. Aynan shu yo‘nalishda amaliy tajriba orttirishni xohlayman."

Ba'zan 15 daqiqalik izlanish o‘nlab nomzodlardan ajralib turishingiz uchun yetarli bo‘ladi.

3️⃣ "Bizga savollaringiz bormi?"
Intervyu faqat savollarga javob berishdan iborat emas.
Sizning savollaringiz ham qiziqishingiz va mas'uliyatingizni ko‘rsatadi.
❌"Yo‘q."
Buning o‘rniga:
✅ "Agar ishga qabul qilinsam, dastlabki 3 oy ichida mendan qanday natijalar kutiladi?"

Bu Sizning ishga jiddiy yondashayotganingizni ko‘rsatadi.

Junior mutaxassislarga kichik tavsiya:
Junior darajadagi vakansiyalarning katta qismi ochiq e’lon qilinmaydi. Ko‘plab kompaniyalar bunday mutaxassislarni tavsiyalar, stajirovka natijalari yoki professional hamjamiyatlar orqali ishga qabul qiladi. Shu sababli faqat yangi vakansiyalar e’lon qilinishini kutish har doim ham kutilgan natijani bermaydi.

Ish topish imkoniyatini oshirish uchun o‘zingizni ish beruvchilar ko‘ra oladigan darajaga olib chiqish muhim: portfolio ustida ishlash, LinkedIn profilingizni muntazam yangilab borish, professional hamjamiyatlarda faol bo‘lish va yangi aloqalar o‘rnatish bunga katta yordam beradi.


Kompaniya haqida oldindan izlanish, o‘zingizni to‘g‘ri tanishtirish va mazmunli savol berish intervyu oluvchida Siz haqingizda ijobiy taassurot qoldiradi.

🚀 Telegram
  • 🔥 3
  • ❤ 1
  • ❤‍🔥 1
  • 🥰 1
  • 🕊 1
  • 💯 1
More from @digitalitvacancy
  1. Oct 14, 2026Germaniyada to'liq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi 💰 Moliyalashtirish: To’liq 🧳 T…
  2. Oct 6, 2026Hurmatli talabalar va yosh mutaxassislar! ⌛ So‘nggi 3 oy ichida kanalimizdagi e’lonlar orq…
  3. Oct 6, 2026Texnik yordam mutaxassislari uchun imkoniyat! 💡Xalqaro texnologik kompaniya jamoasiga tex…
  4. Oct 6, 2026IT Project Manager yo‘nalishida amaliyot imkoniyati! 💡Tashkilotlar uchun CRM tizimlarini…
  5. Oct 5, 2026Huawei ICT Competition 2026–2027 xalqaro tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi 💡O‘zbekist…
  6. Oct 2, 2026Vention kompaniyasida QA Automation yo‘nalishida amaliyot! 💡Vention kompaniyasi avtomatla…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →