TGViewer
Digital.edu IT Career Digital.edu IT Career @digitalitvacancy · 1.6K subscribers
Post #719 1.29K

Forwarded from Digital.uz

📇 👨‍💻“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kurslariga 2026/2027 o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda!

💡 Hurmatli talabalar (Davlat oliygohida 2-bosqichni bitirib 3-bosqichga o‘tadiganlar uchun)! Yangi bilimlar sari intilayotgan, raqamli savodxonlik va texnologiyalarga qiziqayotgan yoshlarga ajoyib imkoniyat!

🎯Sun'iy intellekt yordamida kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, egallayotgan mutaxassisligingiz bo‘yicha zamonaviy va professional kasb egasiga aylanish hamda yuqori maosh egasi bo‘lishni xohlasangiz, unda Siz uchun bu kurs unikal imkoniyat! Vaqtni qo‘ldan boy bermang!

🚀 Tanlovda ishtirok eting va “Data Science” kurslarida bepul tahsil olish huquqini qo‘lga kiriting!

📍Akademik mobillik: tanlov g‘oliblari kurs davomida (bir o‘quv yilida) Toshkent shahrida tahsil oladi;

O‘qish davri uchun:
– bir mahal issiq ovqat;
– rag‘bat puli (oyiga – 1 450 240 so‘m) beriladi.

Moddiy texnik ta’minot:
– noutbuk;
– internet ;
– online darsliklar;
– amaliyotchi mutaxassislar darslari.


📊 Kursda:
“Startup”lar va zamonaviy muammolarni AT yechimlar bilan integratsiya qilish (vibe coding, Python, R, SQL, Power BI, ML, AI asoslari) ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Bitiruv malaka ishi "Startup" loyiha sifatida qabul qilinadi.

🗓 Hujjatlar qabuli 2026-yil 31-iyul 23:59 ga qadar belgilandi.


🗺Hujjat topshirish: onlayn, ikki bosqichdan iborat.
1. 🌐 dscience.uz saytiga tashrif buyuring va ariza qoldiring!
2. 💻 Shaxsiy kabinetga kirib ro‘yxatdagi hujjatlarni yuklang. (Shaxsiy kabinetga kirish uchun arizangizdagi elektron pochtangizga login va parol yuboriladi.)

Hujjatlar ro‘yxati:
⏺ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
⏺ Transkript (GPA);
⏺ Akademik qarzdorlik yo‘qligi haqida ma’lumotnoma (Hemis);
⏺ Motivatsion xat (2 betdan kam bo‘lmasin):
⏺ Sertifikatlar va tavsiyanomalar (mavjud bo‘lsa);
⏺ Portfolio (OTM da tahsil olish davrida erishilgan yutuqlarni isbotlovchi hujjatlar nusxalari, patent, sertifikat va shu kabi hujjatlar nusxalari).

💼 Barcha hujjatlar bitta *PDF faylga birlashtirilib yuklanishi kerak. Fayl hajmi 10 MB dan oshmasligi lozim.


👨‍💻 Mirzo Ulug’bek Vorislari
📞 +998 90 177 20 22

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
  • 🔥 4
  • ❤ 2
  • 👍 1
  • 👏 1
More from @digitalitvacancy
  1. Oct 15, 2026⚡️ SAMARQANDDA IT SOHASINI BEPUL O‘RGANISH IMKONIYATI! IT sohasida karyera boshlamoqchimis…
  2. Oct 15, 2026Ayan Capital jamoasiga IT va kreativ yo‘nalishdagi mutaxassislar taklif etilmoqda! 💡Ayan…
  3. Oct 14, 2026Germaniyada to'liq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi 💰 Moliyalashtirish: To’liq 🧳 T…
  4. Oct 6, 2026Hurmatli talabalar va yosh mutaxassislar! ⌛ So‘nggi 3 oy ichida kanalimizdagi e’lonlar orq…
  5. Oct 6, 2026Texnik yordam mutaxassislari uchun imkoniyat! 💡Xalqaro texnologik kompaniya jamoasiga tex…
  6. Oct 6, 2026IT Project Manager yo‘nalishida amaliyot imkoniyati! 💡Tashkilotlar uchun CRM tizimlarini…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →