TGViewer
Digital.edu IT Career Digital.edu IT Career @digitalitvacancy · 1.6K subscribers
Post #732 1.09K
Hududlardagi "IT shaharcha"larga mentorlikka ishga taklif etiladi

📖 Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hududlardagi "IT-shaharcha" loyihasi uchun mentorlarni tanlov asosida ishga taklif etadi. "IT-shaharcha" – 5–11-sinf o‘quvchilariga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni bepul o‘rgatishga qaratilgan loyiha bo‘lib, har bir markazda yiliga 300 nafargacha o‘quvchi malakali mentorlar rahbarligida tahsil oladi.

✅ Mentorlik yo‘nalishlari:
➡️Kompyuter savodxonligi;
➡️Dasturlash;
➡️Kibersport;
➡️Robototexnika;
➡️Grafik dizayn;
➡️Sun’iy intellekt;
➡️Ingliz tili;
➡️Koreys tili;
➡️Nemis tili;
➡️Yapon tili.


✅ Mentorlikka talablar:
➡️Ingliz tili - IELTS sertifikati 6,0 darajadan yuqori yoki ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha diplom (masalan, CELTA) kabi sertifikat;
➡️Koreys, yapon va nemis tillari: B2-C1 darajasi;
➡️Dasturlash - kamida bitta dasturlash tilini (masalan, Python, Java, C++, JavaScript, Frontend) chuqur bilish. Tizim boshqaruvi, ma’lumotlar bazalari, tarmoq va boshqa asosiy sohalar bo‘yicha chuqur bilim;
➡️Grafik dizayn - sohaga tegishli dasturlar bilan ishlashda mukammal ko‘nikmalar. Har xil turdagi grafikalar, jumladan UI/UX dizayni, 2D va 3D grafikalarni yaratish tajribasi;
➡️Game Development - o‘yinni ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan Unity, Unreal Engine da ishlash tajribasi. C#, C++, Python va algoritmlarni ishlab chiqish tajribasi.
➡️IT sohasida ish tajribasi va tegishli sertifikat, diplomlarga ega bo‘lish.

✅Kerakli malaka va ko‘nikmalar:
➡️O‘quvchilar va hamkasblar bilan muloqotga kirishuvchanlik;
➡️Talabalar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va kelishmovchiliklarni hal qilishda yordam berish qobiliyati;
➡️Yuqori darajadagi professionallik va mas’uliyatga ega bo‘lishi kerak;
➡️Tahliliy ko‘nikmalar.


💰Ish haqi suhbat asosida belgilanadi.

📩 Ariza qoldirish uchun: havola

⌛ Shoshiling, bunday qulay imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang!

🚀 Telegram
  • 👍 8
  • ❤ 3
  • ⚡ 1
  • 🔥 1
  • 🕊 1
More from @digitalitvacancy
  1. Oct 15, 2026⚡️ SAMARQANDDA IT SOHASINI BEPUL O‘RGANISH IMKONIYATI! IT sohasida karyera boshlamoqchimis…
  2. Oct 15, 2026Ayan Capital jamoasiga IT va kreativ yo‘nalishdagi mutaxassislar taklif etilmoqda! 💡Ayan…
  3. Oct 14, 2026Germaniyada to'liq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi 💰 Moliyalashtirish: To’liq 🧳 T…
  4. Oct 6, 2026Hurmatli talabalar va yosh mutaxassislar! ⌛ So‘nggi 3 oy ichida kanalimizdagi e’lonlar orq…
  5. Oct 6, 2026Texnik yordam mutaxassislari uchun imkoniyat! 💡Xalqaro texnologik kompaniya jamoasiga tex…
  6. Oct 6, 2026IT Project Manager yo‘nalishida amaliyot imkoniyati! 💡Tashkilotlar uchun CRM tizimlarini…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →