Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi.
Muhokama guruhi: @digitaleduchat
Elektron pochta: education@digital.uz
Manzil: 100164, Toshkent shahar, I.Muminov ko‘chasi, 4-uy.
Tel: (71) 203-03-43
Post #3695
1.13K

❗️“ICTWEEK UZBEKISTAN 2026” boshlanishiga 1 kun qoldi!
Mamlakatimizning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eng kutilgan va yirik tadbiri — “ICTWEEK UZBEKISTAN 2026” AKT haftaligi boshlanishiga bor-yo‘g‘i 1 kun qoldi!
📌Yigirma ikki yil davomida ushbu nufuzli tadbir milliy va xalqaro miqyosda raqamli transformatsiya, yangi AT-tashabbuslar hamda innovatsion yechimlarni muhokama qilishning asosiy muloqot maydoniga aylanib ulgurdi.
🔠Ertaga yurtimiz hamda dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurgan yetakchi AT-kompaniyalar vakillari, investorlar, startaplar, davlat tashkilotlari mutasaddilari va soha mutaxassislari bir maydonda jam bo‘lishadi.
❓Haftalik dasturidan nimalar o‘rin olgan?
➖Xalqaro forumlar, B2B uchrashuvlar va strategik davra suhbatlari;
➖Sun’iy intellekt, raqamli hukumat, fintex va yangi loyihalar taqdimoti;
➖ICT Expo — zamonaviy ishlanmalar, mahsulot va xizmatlar namoyish etiladigan keng ko‘lamli ko‘rgazma.
Ro‘yxatdan o‘tishga ulguring!
🟣Tadbirda ishtirok etish va ko‘rgazmaga tashrif buyurish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish tavsiya etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish mutlaqo bepul bo‘lib, rasmiy veb-sayt orqali bir necha daqiqada amalga oshiriladi:
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi
🚌 Tashrif buyuruvchilar uchun maxsus bepul avtobus (shatl) yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yildi.
Ishtirokchilar va mehmonlarga qulay sharoit yaratish maqsadida tadbir o‘tkaziladigan asosiy ko‘rgazma majmuasigacha maxsus bepul avtobus qatnovlari tashkil etildi:
➡️ Shahardagi avtobuslarning jo‘nash nuqtalari:
➖IT Park majmuasi / Raqamli texnologiyalar vazirligi binosi;
➖“O‘zbekiston” mehmonxonasi;
➖Janubiy vokzal;
➖“Buyuk Ipak Yo‘li” metro bekati / Dog‘iston ko‘chasi.
😉Tarixga va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lgan 22 yillik yo‘lning yangi bosqichida biz bilan bo‘ling! Ertaga “ICTWEEK UZBEKISTAN 2026” maydonlarida ko‘rishguncha!
⏩ Dastur
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

Shahar → CAEx
birinchi avtobus — soat 08:00 da;
keyingi avtobuslar — har soatda;
so‘nggi avtobus — soat 17:00 da.
CAEx → shahar
so‘nggi avtobus — soat 18:00 da harakatlanadi.