TGViewer
EDU.DIGITAL.UZ EDU.DIGITAL.UZ @digitaledu_uz · 4.93K subscribers
Post #3675 530

Forwarded from Digital.uz

🌟 Respublika bo‘ylab “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida saralash imtihonlari o‘tkazildi

🔘 Bugun, 20-sentabr kuni Xorazm viloyatining barcha tuman va shaharlarida, shuningdek, Andijon, Buxoro, Qarshi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Termiz, Nurafshon, Farg‘ona, Guliston shaharlari hamda Mirzacho‘l, Zomin tumanlarida 18 mingdan ziyod o‘quvchi-yosh “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida tahsil olish uchun saralash imtihonlarida ishtirok etdi.

✅Saralash imtihonlarida yoshlarning mantiqiy fikrlash, AT va ingliz tili bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar loyiha ishtirokchisiga aylanib, zamonaviy AT yo‘nalishlari va xorijiy tillarni chuqur o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi yosh avlodning aniq fanlar va axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, iste’dodli o‘quvchilarni erta aniqlash hamda ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda.

⚡️Taʼkidlash joizki, bugun o‘z bilimini sinovdan o‘tkazgan minglab yoshlar ertangi kunning dasturchi-muhandislari va texnologik taraqqiyot peshqadamlari bo‘lib yetishadi.

⏺Saralash imtihonlari natijasi 5 kun davomida eʼlon qilinadi. So‘ngi yangiliklardan xabardor bo‘lib turish uchun ushbu kanalni kuzatib boring!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
  • 🔥 2
More from @digitaledu_uz
  1. Sep 22, 2026🗣 “Startaplar mamlakati” shiori ostida o‘tayotgan ICT Week Uzbekistan 2026 haftaligining…
  2. Sep 22, 2026▶️“ICT WEEK UZBEKISTAN 2026” OCHILISH MAROSIMINI KUZATIB BORING! Bugun, 22-sentabr kuni so…
  3. Sep 21, 2026❗️“ICTWEEK UZBEKISTAN 2026” boshlanishiga 1 kun qoldi! Mamlakatimizning axborot-kommunikat…
  4. Sep 21, 2026Asia Alliance Bank xodimlarining sun’iy intellekt bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi…
  5. Sep 20, 2026“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi o‘quvchilari National AI Hackathon sovrindorlari…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →