Sirdaryo viloyatida tajribali menejerlar uchun ajoyib imkoniyat!
📍 Manzil: Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani
⌛️ Ish vaqti: To‘liq ish vaqti
💰 Ish haqi: Kelishilgan holda
📖Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hududlardagi “IT-shaharcha” loyihasi doirasida Sirdaryo tumanidagi markaz faoliyatini muvofiqlashtirish uchun menejer lavozimiga nomzodlarni ishga taklif etadi.
“IT-shaharcha” – 5–11-sinf o‘quvchilariga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni bepul o‘rgatishga qaratilgan loyiha. Har bir markazda yiliga 250 nafargacha o‘quvchi malakali mentorlar rahbarligida ta’lim oladi.
👨💻Nomzodlar uchun talablar:
✔️ Oliy ma’lumot
✔️Ta’lim loyihalarini boshqarish va muvofiqlashtirish ko‘nikmasi
✔️ Jamoa bilan ishlash va mentorlar faoliyatini muvofiqlashtirish
✔️Hujjatlar va hisobotlar bilan ishlash ko‘nikmasi
✔️AKT vositalaridan samarali foydalanish
✔️Tahliliy fikrlash va mas’uliyatlilik
✔️O‘quvchilar, ota-onalar va hamkorlar bilan samarali muloqot qila olish
🧳Qo‘shimcha ko‘nikmalar:
➡️Tashkilotchilik va liderlik qobiliyati
➡️Muammolarni tezkor va samarali hal qilish
➡️Tashabbuskorlik va natijaga yo‘naltirilganlik
➡️Ta’lim sohasidagi loyihalar bilan ishlash tajribasi
📩Ariza topshirish uchun: havola
🚀 Telegram
Post #723
1.2K

- 🔥 6
- 👍 2
- ❤🔥 1
- ❤ 1
- 🎉 1