TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.5K subscribers
Post #75428 1.84K
#yoshlar_kuni

Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i F.Artikov yosh xodimlar hamda boshqarmaga biriktirilgan maktab o‘quvchilari ishtirokida ochiq muloqot o'tkazdi


Uchrashuvda yoshlar tomonidan kasbiy bilim va ko‘nikmalarni oshirish, ustoz-shogird tizimini samarali yo‘lga qo‘yish, hamda yosh xodimlarning o'qib izlanishlari uchun munosib xizmat sharoitlarini yaratish kabi takliflar bildirildi.

Shuningdek, muloqotda ishtirok etgan maktab o‘quvchilarining ham fikr va qiziqishlariga e’tibor qaratildi. Ularga bojxona organlarining vazifalari, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni, bojxonachi kasbining mas’uliyati va ushbu sohada faoliyat yuritish uchun zarur bilim hamda fazilatlar haqida tushunchalar berildi.

Boshqarma boshlig‘i yosh xodimlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shu bilan birga, xizmat intizomini mustahkamlash, faoliyatda shaffoflikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.


Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi xodimlarining qariyb 25 foizini yoshlar tashkil etadi. Yosh xodimlarning salohiyatini yuzaga chiqarish va maktab o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan bunday uchrashuvlar izchil davom ettiriladi.
More from @customschannel
  1. Oct 15, 2026#giyohvandlikka_qarshi_kurash UZREPORT TV: Xitoydan yuborilgan kuryerlik jo‘natmasi ichida…
  2. Oct 15, 2026Toshkent viloyatida 15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni ko‘tarinki ruhda nishonlandi…
  3. Oct 15, 2026#bojxona_tadbirkor_tayanchi Bojxona qo‘mitasining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘li…
  4. Oct 15, 2026#xavfsiz_mahalla Maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi Yo…
  5. Oct 15, 2026#bojxonachi_tadbirkor_tayanchi Navoiyda tadbirkor bilan muloqot: ishlab chiqarish va hamko…
  6. Oct 15, 2026#bojxonachi_tadbirkor_tayanchi Sergeli tumanida tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtiro…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →