Bojxona qo’mitasi
www.bojxona.uz
Bog’lanish uchun ishonch telefoni – 11-08
Toshkent shahri Islom Karimov ko’chasi 3-uy
e-mail: info@customs.uz
https://www.facebook.com/UZDBQ
Post #73991
1.44K

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari N.Musamuxamedov Mirzaobod tumanida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tashkil etilgan shtab faoliyati bilan tanishdi.
Rejaga ko'ra, tumanda sentabr–dekabr oylarida 1606 ta oila va 6 645 nafar aholini turli xizmatlar bilan qamrab olish, 1 360 nafar aholining barqaror bandligini ta’minlash, 955 nafar fuqaroni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, 388 nafar kam daromadli aholiga ko‘maklashish, 9 nafar fuqaroni qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda 437 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish vazifalari belgilangan.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilib, amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida tumandagi “Bog‘iston”, “Navro‘z” va “Tinchlik” mahallalarida bo‘lib, ushbu hududlarda hokim yordamchilarining kambag‘allikni qisqartirish borasida olib borayotgan ishlari bilan bevosita tanishildi.
Xususan, “Bog‘iston” mahallasi To‘linoy ko‘chasi, 1-uyda yashovchi B.Doniyorov xonadonidagi ijtimoiy masalalar o‘rganildi. Xonadonning ta’mirtalab holatda ekani inobatga olinib, mahalla raisiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan ta’mirlash ishlarini amalga oshirish hamda oilaga moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.
Shuningdek, “Bog‘iston”, “Navro‘z” va “Tinchlik” mahallalarida “mahalla yettiligi” bilan birgalikda Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarni daromadli mehnatga jalb qilish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kredit resurslaridan samarali foydalanish masalalari o‘rganildi.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilib, amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi.