TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.8K subscribers
Post #73991 2.22K
Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari N.Musamuxamedov Mirzaobod tumanida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tashkil etilgan shtab faoliyati bilan tanishdi.

Rejaga ko'ra, tumanda sentabr–dekabr oylarida 1606 ta oila va 6 645 nafar aholini turli xizmatlar bilan qamrab olish, 1 360 nafar aholining barqaror bandligini ta’minlash, 955 nafar fuqaroni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, 388 nafar kam daromadli aholiga ko‘maklashish, 9 nafar fuqaroni qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda 437 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish vazifalari belgilangan.

Uchrashuv davomida tumandagi “Bog‘iston”, “Navro‘z” va “Tinchlik” mahallalarida bo‘lib, ushbu hududlarda hokim yordamchilarining kambag‘allikni qisqartirish borasida olib borayotgan ishlari bilan bevosita tanishildi.

Xususan, “Bog‘iston” mahallasi To‘linoy ko‘chasi, 1-uyda yashovchi B.Doniyorov xonadonidagi ijtimoiy masalalar o‘rganildi. Xonadonning ta’mirtalab holatda ekani inobatga olinib, mahalla raisiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan ta’mirlash ishlarini amalga oshirish hamda oilaga moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.

Shuningdek, “Bog‘iston”, “Navro‘z” va “Tinchlik” mahallalarida “mahalla yettiligi” bilan birgalikda Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarni daromadli mehnatga jalb qilish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kredit resurslaridan samarali foydalanish masalalari o‘rganildi.


Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilib, amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi.
More from @customschannel
  1. Sep 22, 2026Vakolatli iqtisodiy operator maqomini qo’lga kiritish istagidagi tashqi iqtisodiy faoliyat…
  2. Sep 22, 2026#Xalqaro_hamkorlik AQSH Bojxona va chegara xizmatining Milliy targetlash markazi delegatsi…
  3. Sep 22, 202613:45 22.09.2026 Katta miqdordagi giyohvandlik vositalari toʻxtatib qolindi muxbir: Sohiba…
  4. Sep 22, 2026#giyohvandlikka_qarshi_kurash UZREPORT TV: 1800 AQSh dollari evaziga xorijdan 7,5 kg giyoh…
  5. Sep 22, 2026#Narkovaziyat #giyohvandlikka_qarshi_kurash Respublikamizda 8 oy davomida giyohvandlikka q…
  6. Sep 22, 2026Unutmang! O‘zbekiston Respublikasiga jismoniy shaxslar tomonidan radioelektron vositalarni…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →