#Xalqaro_hamkorlik
AQSH Bojxona va chegara xizmatining Milliy targetlash markazi delegatsiyasi Bojxona qoʻmitasida boʻlishdi
Uchrashuv doirasida ikki mamlakat bojxona xizmatlari oʻrtasida targetlash, xavflarni boshqarish va oldindan elektron maʼlumot almashish sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Taʼkidlash joizki, mazkur uchrashuv Bojxona qoʻmitasi raisi A.Mavlonovning AQSH Bojxona va chegara xizmati komissari R.Skott bilan oʻtkazgan ikki tomonlama uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarning amaliy davomi hisoblanadi.
Bundan koʻzlangan asosiy maqsad esa AQSHning Xorijiy elektron yuk maʼlumotlarini almashish dasturi doirasida hamkorlik mexanizmlarini muhokama qilish hamda Oʻzbekiston va AQSH Targetlash markazlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini oʻrganishdan iborat.
Delegatsiya vakillari Markaziy bojxona laboratoriyasi, Targetlash markazi, “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti hamda “Chuqursoy texnik idora” temir yoʻl bojxona posti faoliyati bilan tanishdi.
Uchrashuvlar yakunida yoʻlovchilar va yuklar toʻgʻrisida oldindan elektron maʼlumot almashish, xavflarni tahlil qilish va yuqori xavfli yuklarni oldindan aniqlash boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari belgilab olindi.
Post #73999
3.21K


