TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.7K subscribers
Post #74500 1.88K
#Yengil_atletika

Shahrisabzda “Silk Road – Shakhrisabz” xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi, shuningdek, KIDS RUN, “Talaba yugur”, “Harbiy yugur” hamda “Inson uchun” shiori ostidagi ommaviy yugurish tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.


Mazkur sport tadbiri O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, viloyat bojxona, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hamda Sport boshqarmalari hamkorligida o‘tkazildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, shuningdek, jamiyatda sport madaniyatini yuksaltirishdan iborat bo‘ldi.

Musobaqalarda turli yosh va kasb egalari faol ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, matonati va sportga bo‘lgan qiziqishini namoyon etdilar. Yugurish bahslari davomida sog‘lom raqobat muhiti shakllanib, ishtirokchilar belgilangan masofalarni yuqori kayfiyat va katta ishtiyoq bilan bosib o‘tdilar.

Ayniqsa, bolalar, talabalar hamda harbiy xizmatchilarning faol ishtiroki tadbirga alohida shukuh bag‘ishladi. Ommaviy yugurish bahslari ishtirokchilarda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirish, jamoaviylik va faol hayot tarzi ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.


Tadbir yakunida yuqori natijalarni qayd etgan g‘olib va sovrindorlar, shuningdek, faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
More from @customschannel
  1. Sep 28, 2026Shu kunlarda markaziy va mahalliy telekanallarda efirga uzatilgan bojxona organlari faoliy…
  2. Sep 28, 2026#tezkor Poytaxt aeroportida "Iphone 18" ni yashirincha olib kirishga urinishlar fosh etild…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →