#bojxonachi_tadbirkor_tayanchi
Navoiyda tadbirkor bilan muloqot: ishlab chiqarish va hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Bojxona qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari O.Choriyev Navoiy shahridagi “NAVPROMLITMASH” MChJ korxonasida bo'lib, uning ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv davomida korxonada ishlab chiqarish jarayonlari, sanoat mahsulotlarini tayyorlash imkoniyatlari va faoliyatni kengaytirish istiqbollari ko‘zdan kechirildi. Korxona vakillari bilan suhbatda ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda uchrashi mumkin bo‘lgan masalalar hamda bojxona rasmiylashtiruvi bilan bog‘liq jarayonlar yuzasidan fikr almashildi.
Muloqotda tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan bojxona xizmatlarini takomillashtirish va ishlab chiqaruvchilar bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday uchrashuvlar tadbirkorlarning muammo va takliflarini o‘rganish, shuningdek, bojxona xizmatlarini biznes vakillari uchun yanada qulay va samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
Post #75448
1.44K



