TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.5K subscribers
Post #75452 2.04K
#xavfsiz_mahalla

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi


Yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda ularda vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida Sergeli tumanidagi 301-sonli maktabda “Zakovat” intellektual o‘yinining saralash bosqichi tashkil etildi.

Bojxona instituti o‘qituvchilari A.Salixanov, S.Shakirzyanova va X.Umarovlar tomonidan tashkil etilgan bellashuvda o‘quvchilar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etib, mantiqiy savollarga javob topish, tezkor fikrlash va jamoaviy hamkorlik borasida o‘zaro bellashdilar.

Musobaqada o'quvchilardan tashkil topgan “Boburiylar”, “Yangi avlod” va “Vunderkindlar” jamoalari murosasiz bahs olib bordilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Vunderkindlar” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Barcha ishtirokchi jamoalar esa esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bunday intellektual bellashuvlar yoshlarning bilimini mustahkamlash, tafakkurini rivojlantirish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.
More from @customschannel
  1. Oct 16, 2026Sirdaryoda zamonaviy “Maxsus surishtiruv xonasi” foydalanishga topshirildi Sirdaryo viloya…
  2. Oct 16, 2026#tezkor Vaziyat 24 | Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan sifati kafo…
  3. Oct 16, 2026#bojxonachi_tadbirkor_tayanchi Buxoroda tadbirkorlar faoliyati o‘rganilib, tashqi savdo ma…
  4. Oct 16, 2026#ona_tilim_faxrim Bojxona qo‘mitasida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bila…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →