#ona_tilim_faxrim
Bojxona qo‘mitasida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Bojxona instituti kursantlari ishtirok etib, o‘zbek tilining betakror jozibasi, boy tarixi va yuksak badiiy imkoniyatlarini namoyon etdilar.
Tadbir davomida kursantlar tomonidan ona tilimizga bag‘ishlangan she’r va g‘azallar mahorat bilan ijro etildi.
Jarangdor satrlar va dilga yaqin misralarda ona tiliga bo‘lgan mehr, milliy qadriyatlarga hurmat hamda ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan ma’naviy boyliklarga ehtirom o‘z ifodasini topdi.
Bunday tadbirlar yosh avlod qalbida ona tiliga muhabbatni yanada mustahkamlash, milliy o‘zlikni anglash va ma’naviy merosimizga hurmat ruhini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, g‘ururimiz va bebaho ma’naviy boyligimizdir!
Post #75536
1.73K








