#xavfsiz_mahalla
Bugun Bojxona qo‘mitasi va Sergeli tumani hokimligi matbuot xizmatlarining qo‘shma loyihasi — "Xavfsiz Sergeli” podkastining navbatdagi soni tasvirga olindi.
Unda jamiyatda xavfsiz muhitni ta’minlash, aholi o‘rtasida psixologik-profilaktik ishlarni kuchaytirish, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish hamda fuqarolarning ruhiy barqarorligini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Podkastning bu galgi suhbatdoshi Bojxona instituti psixologi Xurshida Fayzullayeva bo‘ldi.
Suhbat davomida aholi orasida uchrayotgan psixologik muammolar, ularning kelib chiqish sabablari, stress va tushkunlik holatlarining oldini olish, shuningdek, o‘z vaqtida psixologik yordam olishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, Sergeli tumanida "Xavfsiz hudud” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar, maktab o‘quvchilari bilan emotsional barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan treninglar, muammoli oilalar va psixologik ko‘makka ehtiyoj sezayotgan fuqarolar bilan individual suhbatlarning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Post #75564
1.06K



