#bojxona_tadbirkor_tayanchi
Bojxona qo‘mitasining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i H.Tangriyev Navoiy viloyatining olis Tomdi va Konimex tumanlarida bo‘lib, xorijdan zotdor qo‘ylar olib kelgan chorvadorlar bilan muloqot qildi.
Zotdor chorva faqat qoramol bilan cheklanmaydi. Aholi dasturxonini sifatli va hamonbop go‘sht-sut mahsulotlari bilan ta’minlash, chorvachilik tarmog‘ida mahsuldorlikni oshirish hamda ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlashda qo‘ychilik ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Bunda Davlatimiz Rahbarining joriy yil 12-maydagi “Chorvachilik tarmog‘i va yaylov xo‘jaligini zamonaviy boshqaruv tizimi va yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-179-son qarori bilan xorijiy davlatlardan nalsdor qoramol, qo‘y va echkilarni O‘zbekistonga olib kirishda 2029-yil 1-yanvarga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilgani hal qiluvchi rol o‘ynamoqda.
Raqamlarga ko‘ra, O‘zbekistonga joriy yilning o‘zida 3 ta davlatdan salkam 4 mln dollarlik 18,6 ming boshdan ziyod qo‘ylar olib kelingan.
Xususan, Navoiy viloyatidan 100-200 km olisda joylashgan yaylovlarda hozirda Mug‘ulistondan havo yo‘llari orqali keltirilgan “bayan” zotiga mansub minglab qo‘ylar o‘tlab yuribdi.
Qo‘shimcha tarzda shu yilning o‘zida Tomdi va Konimex tumanlaridagi 2 ta fermer xo‘jaligining har biri 500 boshdan ushbu qo‘ylardan olib keltirdi. Tabiiyki, bu tashabbus qo‘ychilikda nasl sifatini yaxshilash, chorvachilik salohiyatini oshirish va tarmoqni rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda.
Ushbu jarayonlarda bojxona organlari ham o‘zining munosib hissasini qo‘shib, tadbirkorlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, mavjud imtiyozlardan qonuniy va samarali foydalanish hamda rasmiylashtiruv jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etishlarida qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Post #75456
2.12K




