#ona_tilim_faxrim
Bojxona qo‘mitasida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan e’lon qilingan “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans sari!” shiori ostidagi insholar tanlovining yakuniy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Bojxona qo‘mitasi Raisining maslahatchisi U. Pirmuxamedova boshchiligidagi Hakamlar hay’ati bojxona organlari xodimlari hamda Bojxona instituti kursantlarining yuzlab insholari ichidan saralangan va yakuniy bosqichga yo‘l olgan 18 ta inshoni ko‘rib chiqishdi.
E’tiborlisi shundaki, ijodiy ishlarni xolis va haqqoniy baholash maqsadida hakamlar tarkibiga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetidan vakillar va taniqli ijodkorlar ham jalb etildi.
Muhokamalar yakunida eng yaxshi deb topilgan 3 ta insho muallifi O‘zbek tili bayrami arafasida Bojxona qo‘mitasi tomonidan tashkil qilinadigan ma’naviy-ma’rifiy tadbir doirasida Bojxona qo‘mitasi Raisining buyrug‘iga asosan taqdirlanadi.
Post #75486
2.6K




