TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.5K subscribers
Post #75494 1.83K
#murojaatlar_doimo_etiborda

Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi masʼullari Bojxona qoʻmitasida boʻlib, sohada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holatini oʻrganishdi


Bojxona qoʻmitasi Raisining birinchi oʻrinbosari Gʻ.Nasirov tomonidan Senat qoʻmitasi vakillariga bojxona organlarida murojaatlar bilan ishlash tizimining tashkil etilishi va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Taʼkidlanishicha, soʻnggi besh yil davomida bojxona chegaralari orqali harakatlangan fuqarolar, avtotranport vositalari va turistlar soni uch barobarga oshganiga qaramay, 2026-yilning toʻqqiz oyida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 3,3 foizga kamaydi. Jumladan, 2025-yilning yanvar–sentabr oylarida jami 2 739 ta murojaat kelib tushgan boʻlsa, 2026-yilning shu davrida bu koʻrsatkich 2 647 tani tashkil etdi.

Joriy yilda kelib tushgan 2 647 ta murojaatning 1 879 tasi, yaʼni 71 foizi ijobiy hal etildi. 737 ta murojaat boʻyicha qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Bundan tashqari, 26 ta murojaat tegishliligi boʻyicha boshqa idoralarga yuborildi. 5 ta murojaatni koʻrib chiqish qonunchilikda belgilangan asoslarga muvofiq tugatildi.

Shuningdek, mehmonlar “Call-markaz”, Markaziy bojxona laboratoriyasi, Rasmiylashtiruv hamda Targetlash markazlari faoliyati bilan ham tanishdilar. Bunda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish, ularda koʻtarilgan masalalarni tegishli tartibda koʻrib chiqishda ushbu raqamlashtirilgan markazlarning ahamiyati haqida maʼlumot berildi.

Muloqot davomida Senat a’zolari tomonidan murojaatlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘tarilayotgan muammolarni o‘z vaqtida va to‘liq hal etish hamda ushbu yo‘nalishdagi ishlarni takomillashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
More from @customschannel
  1. Oct 16, 2026Energetika loyihalari katta sarmoya va murakkab infratuzilmani talab qiladi. Yer ajratish,…
  2. Oct 16, 2026Yangi energiya obyektlarining samarali ishlashi malakali kadrlarga bog‘liq. Saudiya Arabis…
  3. Oct 16, 2026Mamlakatimizda 3 million 800 ming xonadon suyultirilgan gazdan foydalanadi. Ilgari davlat…
  4. Oct 16, 2026Prezidentimiz gazdan faqat elektr olish emas, uni chuqur qayta ishlab, ko‘proq qo‘shilgan…
  5. Oct 16, 2026Neft-gaz sohasida geologiya-qidiruv ishlari, konlar samaradorligini oshirish va xomashyoni…
  6. Oct 16, 2026Xitoyning “China Energy” kompaniyasi 8 ta energiya saqlash stansiyasi qurilishida qariyb 4…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →