TGViewer
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali @customschannel · 24.5K subscribers
Post #75461 2.12K
Toshkent viloyatida 15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni ko‘tarinki ruhda nishonlandi

Fidoyi ayollarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularning mashaqqatli mehnati, jasorati va tashabbuslarini qadrlash maqsadida viloyatda bayram tadbiri tashkil etildi. Unda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari G.Xodjibaboyeva ham ishtirok etdi.

Dastlab, Nurafshon shahrida sabr va matonat timsoliga aylangan Zulfiya aya Zokirova xotirasiga hurmat bajo keltirilib, opa-singillar hamda keng jamoatchilik vakillari tomonidan uning poyiga gullar qo‘yildi.

Shundan so‘ng bayram tadbiri viloyat hokimligida ko‘tarinki ruhda davom etdi. Unda qishloq ayollarining o‘rni, ularning fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi.

Bugungi kunda Toshkent viloyatida 1 million 574 ming dan ziyod xotin-qizlar istiqomat qiladi. Ularning 1 million 134 ming 678 nafari, ya’ni 73,5 foizi qishloq hududlarida yashaydi.
More from @customschannel
  1. Oct 16, 2026Post #75466
  2. Oct 16, 2026#donolar_bisotidan #kun_hikmati Donolar bisotidan Inson o‘z ojizligini tan olishi ham odob…
  3. Oct 15, 2026#giyohvandlikka_qarshi_kurash UZREPORT TV: Xitoydan yuborilgan kuryerlik jo‘natmasi ichida…
  4. Oct 15, 2026#bojxona_tadbirkor_tayanchi Bojxona qo‘mitasining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘li…
  5. Oct 15, 2026#xavfsiz_mahalla Maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi Yo…
  6. Oct 15, 2026#bojxonachi_tadbirkor_tayanchi Navoiyda tadbirkor bilan muloqot: ishlab chiqarish va hamko…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →