TGViewer
Channel Public Channel
Adiz Asrorov

Adiz Asrorov

@adizezz

Kontent va ijoda haqida

Insta: instagram.com/adizezz
YouTube: youtube.com/@adizezz
Reklama va takliflar: @adeezez
Subscribers
944
Photos
52
Videos
1
Links
26

Showing posts older than #52 · Back to latest

Older Posts 19 shown
Post #51 1.1K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 🔥 14
  • 👍 6
  • 🍌 4
  • ❤‍🔥 2
  • 😁 2
  • 🍓 2
Post #50 1.19K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 🔥 10
  • ❤ 5
  • ⚡ 2
  • 😁 1
Post #49 1.23K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ⚡ 7
  • 🤝 6
  • ❤ 1
Post #48 1.24K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ❤ 13
  • 🔥 9
  • ⚡ 5
  • 👏 2
Post #47 1.21K
1 oy oldin kontent qilishni boshlagandim. Ishtiyoq bilan birinchi 15 kun ishladim, keyin ishlarga ko'milib yetarlicha yaxshi kontent qilmadim deb o'ylayman.

Lekin shunga qaramasdan boshida qilingan videolarni o'zi tortib-tortib 10 mingga olib keldi. Eng qizig'i — shu paytgacha 15 tacha yaxshi reels qilgan bo'lsam ulardan atigi 20-30% eng ko'p obunachi olib keldi.

Aslida bitta video bilan ham shuncha obunachi yig'ish mumkin edi, bunaqa keyslar tajribamda bo'lgan bir necha marta. Lekin o'zimni blogimga kelganda perfeksionizm oyoqdan chaldi va 1 oyga cho'zilib ketti.

Nima bo'lsayam 10K degan marradan o'tib oldim. Buyog'iga tezroq 100K ga harakat
  • 🔥 33
  • ❤ 9
  • ❤‍🔥 4
  • 👍 2
  • 😁 1
Post #46 1.1K
Kechgi cooking tugadi. Hozir hayolga bitta fikr keldi.

Uyqu rejimimni bo'qi chiqib ketgan. Kamida ertalabgi 3-4 da uxlayman, kunduzi o'likday uyg'onaman.

Uyqu rejimimni to'g'rilab, qattiq grafikga o'tmasam bo'lmaydi. Ishlarga umuman ulgurmayapman.

Agar 30 kun davomida soat 22:30 da uxlab, 6:30 da uyg'onsam nima bo'ladi?

Shuni chellenj ko'rinishida instagramda qilsak nima deysizlar? Qiziqmi sizlarga? Eksperiment qilib ko'ramiz, 30 kun davomida storis va reelslarda progress bilan bo'lishib boraman
  • 🔥 30
  • 👍 5
  • ❤ 3
  • 🌭 3
  • 😁 2
Post #45 1.23K
Agar video qilishda eng ko'p vaqt sarflaydigan narsangiz tasvirga olish, montaj qilish, "effektlar qo'shish" bo'lsa — nega meni hech kim ko'rmayapti deb nolishga haqqingiz yo'q.

2 yil oldin bitta zo'r gapni eshitgandim, haligacha o'sha fikrda qolaman:
Mazmun, mohiyat — qobiqdan muhim.
Qobiq — mazmun va mohiyatni yetkazib berish uchun muhim.

Суть важнее формы. Форма важна, чтобы доносить суть.


Qimmat kamera, qimmat montaj bo'lishi shart emas. Umuman. Shunchaki telefonning selfi-kamerasiga gapirib video olsangiz ham sizni odamlar ko'raveradi. Bunga oddiy misol Teacher Azam yoki mana bu akkaunt. Tokhirov.13 shunchaki Telegramda olingan yumaloqchalar orqali 354K obunachi yig'ib qo'yipti hozir qarasam.

Odamlar sizni ko'rishini xohlaysizmi? Storytellingni o'rganing, qiziq suhbatdosh bo'ling, qiziqarli mavzularni olib chiqing. Nima uchun reels ko'rib o'tirganimda aynan sizning videoingiz chiqqanda to'xtab, uni oxirigacha ko'rishim kerak? Sizni videoingiz menga nima beradi?

Shu savollarga javob qidiring, aynan shu qismiga vaqt sarflang, mehnatingiz shunga ketsin. Qolgan narsalar kerak emas demayman, ular bo'lsa albatta yaxshi. Shunchaki asosiy narsalar haqida unutib qo'ymang.

Videolarni uchiradigan qandaydir sehrli hooklar, effektlar, musiqa yoki qandaydir sehrli tabletkalar yo'q. Siri oddiy — storytelling (to'g'ridan to'g'ri tarjima qilsam "hikoyalarni chiroyli aytib bera olish qobiliyati")
  • ❤‍🔥 20
  • 🔥 8
  • ❤ 7
  • ⚡ 4
  • ✍ 1
Post #44 1K
Sizlarga va shu savolni bergan odamga ham savol: videoga ancha mehnat sarflash deganda nimani tushunasiz?

Aynan siz uchun masalan video qilishga ketgan mehnat nimalardan tashkil topadi? Tasvirga olish, montaj va hokazolar
  • 🔥 3
  • 🥰 1
Post #43 1K
Adiz Asrorov Natijada nima bo'ldi: kecha yangi video yukladik, bugun 45K.
Hozirgacha 2X koʻproq koʻrilipti. Hovliqmanglar deymanda shuning uchun 😎
  • 😁 7
  • 🔥 3
Post #42 1.15K
Blog yuritishni boshlaganlarni orasidagi eng yoqimsiz va ishtiyoqni tushiradigan xato 🤬

Shu paytgacha ko'plab odamlar bilan ishlab keldim, hozir ham birga ishlaydigan loyihalarimiz ko'p. Va hammasida boshida bir xil xato kuzatiladi. Bu xato ishtiyoqni tushirib yuborishi va demotivatsiyaga olib kelishi mumkin.

Nafaqat videokontentda, balki deyarli barcha sohalarga taalluqli. Chunki nima bilan shug'ullanishingizdan qat'i nazar — shoshqaloqlik oyog'ingizdan chalishi mumkin. Tez natija bo'lishini kutish, tezroq nimagadir erishish. Aynan shu shoshish barcha kayfni o'ldiradi. Aynan jarayon kayfini.

Reels, Youtube'da ham shunday. Misol uchun 1 ta reels bilan yoki 1 ta YouTube video bilan 10 minglab obunachi yig'ib qo'yish mumkin. Bunaqa keyslar o'zimda ham bor.
(bitta reelsimizdan 40K kelgan vaziyat ham bo'lgan)

Lekin bunaqa natijalar ortida mehnat, tajriba va jarayonni o'zidan mazza qiladigan odamlar turadi. Shaxsan o'zimning ham eng zo'r keyslarimda maqsad faqatgina sonlar bo'lmagan. Sifat, qilayotgan narsam qanchalik qiziqligi ham muhim bo'lgan.

Jarayondan mazza qiling.
Sifatni unutmang.
Tez natija kutmang.
Tajribani oshirib boring.

Yaqindagina bo'lgan oddiy misol:

Bitta yaqin tanishim instagram uchun kontent qilmoqchiman dedi. Qilib boshladi. G'oya, ssenariy, syomka tomonlama yordamlashdim.

Birinchi videolar ko'p ko'rilmadi. O'rtacha 10 ming atrofida.
"Nega uchmayapti" deb savollar beraverdi.
Aytgan gapim har doim bir xil edi:
"Siz avval 10-15 ta video qiling-chi, keyin gaplashamiz"

Natijada nima bo'ldi: kecha yangi video yukladik, bugun 45K. O'sishni davom etyapti, 100K dan o'tishi aniq.

Shuning uchun insonlar, hovliqmanglar. Tavakkal va sabr deyishadi-ku, bu gapda jon bor 😎
  • 🔥 16
  • ❤‍🔥 6
  • 👍 4
  • ❤ 2
  • ⚡ 1
  • 😁 1
Post #41 2.01K
Videoda musiqa — shunchaki orqa fondagi ovozlar emas

Musiqa videoni kayfiyatiga va atmosferasiga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qila oladigan vosita. Uni to'g'ri tanlash esa sizga mavzuni yaxshiroq ochishda yordam beradi.

Oddiy misol: agar mana shu reels fonida Fight Club filmidagi musiqa bo'lmaganida, u unchalik qiziq bo'lmasdi — instagram.com/reel/DLdLDV_KFNC

Yoki hayotda o'z yo'lini topish haqidagi reels:
instagram.com/reel/DLxtazWKFC2

Ikkalasida ham g'oya musiqa asosida tuzilgan, ssenariy va montaj reelslardagi musiqaga moslangan.

Musiqa sizga e'tiborni ushlab turishda,
tomoshabinni zeriktirib qo'ymaslikda,
kayfiyatni aniq to'g'ri yetkazishda yordam beradi.


🎁 Videolaringizni boyitadigan, o'zim ishlatadigan va tavsiya qiladigan musiqiy janrlar:

— lo-fi beats. Sokin, ma'yin treklar. Vlog formatlar uchun juda qulay.

— indie, post punk rock. Barabanlar tez bo'lgan dinamik janrlardan biri. O'zim asosan qandaydir tutorial kabi videolarda ishlataman.

— boom bap rap, alternative hip hop. O'rtacha chill vibe, juda sekin ham emas, tez ham emas. Qaysidir ma'noda neytral.

— techno. Dinamik, tez va jangovor janr.

— funk. Chill, sokin lekin shunga qaramasdan dinamikaga boy format. Ma'yin yoqimli barabanlar, jazzga yaqin yo'nalish.

Videolar uchun ishlatsa bo'ladigan barcha treklarni bitta kanalga yig'ib chiqmoqchiman. Nima deysizlar? Agar qiziq bo'lsa olov bosib qo'ying
  • 🔥 50
  • ❤ 7
  • 👍 4
  • 🤣 3
  • ❤‍🔥 2
  • 😁 1
Post #40 1.35K
Adizezzdan bepul konsultatsiya olishingiz mumkin!

Faqat menga yordamingiz kerak.

Menda hozir kontent uchun g'oyalar anchagina yig'ilib qolgan. Lekin qaysi biri sizga ko'proq kerak va foydali ekanligini bilmay turibman. Shu sababdan anketa tayyorladim.

Anketa orqali men sizlar bilan batafsil tanishib olishim va sizga foydali va qiziqarli kontent qilishim mumkin. Evaziga esa anketa to'ldirganlarni orasidan 20 ta odamni tanlab olib bepul konsultatsiya o'tib beraman.

Anketaga havola:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfjeXXvK6tDruN_xjdzw-gmYvwSl3ob99iIsAmsZe9o6H_ZpQ/viewform?usp=dialog
  • 🔥 11
  • ❤ 2
  • 😁 2
  • 🐳 1
Post #39 1.6K
Meni atrofimdagilarim va yaqinlarim — meni eng katta dushmanim ekan 😭

Har doimgiday kechasi soat 3 da kelib qolgan fikrlar.

Birorta yangi ishga qo'l urmoqchi bo'lganizda shu narsaga tayyor bo'ling. Chunki heyterlar siz uchun shunchaki yoqimsiz shovqin bo'lsa, yaqinlaringiz haqiqiy to'siq bo'lishi mumkin.

Yo'q. Ular sizni orqaga tortmaydi, yomonlik tilamaydi. Aksincha, sizni har qanaqasiga qo'llab-quvvatlaydi, motivatsiya beradi, maqtaydi. Va aynan mana shu narsa — eng katta ayyor tuzoq.

Nega?

2 hafta oldin instagramda o'z blogimni yuritishni boshladim. Boshida qilgan videolarimga juda ko'p vaqt, kuch va mehnat ketgan. Va ularni orqasidan kelgan yaxshi gaplar — o'sha men aytgan tuzoq. Juda xavfli tuzoq.

— Zo'r video qilibsan
— Montajni yorvoribsiz
— Sifatga gap yo'q
— Bosing, to'xtamang

Bunaqa maqtov gaplarni eshitish albatta mazza. Lekin ular sizni hech nima qilmaslikka yoki demotivatsiyaga olib kelishi mumkin. Chunki siz o'z ishingizni yaxshi boshladingiz, atrofingizdagilarni haqiqatdan hayron qoldirdiz. Endi sizda yangi muammo paydo bo'ldi — avvalgidanda yaxshiroq narsa qilish.

Siz bir marta darajangizni ko'rsatib maqtov olganizdan keyin, ishingiz aksincha qiyinlashadi. O'zimda ham shunday bo'ldi. "O'zimdan o'zim o'tishim kerak deb" hamma narsani o'ta chiroyli va ideal qilishga harakat qilmoqchi bo'ldim, lekin vaqtida bu narsani tushгnib qoldim. Chunki avval ham bu narsa boshimdan o'tgan-da 🙂

Xulosa: atrofdagilarni roziligini olish va maqtovlar uchun harakat qilmang.

Maqtov eshitish — bu albatta yaxshi. Siz o'zingiz xohlagan, qalban istagan narsani qildiz va yaxshi izohlar oldiz. Lekin bu degani har doim o'sha odamlarni maqtovini eshitishga harakat qilish kerak degani emas. Shunchaki shirin gap va maqtov emas, sizga baxt olib keladigan narsani qiling.
  • ❤‍🔥 20
  • ❤ 8
  • 💯 6
  • 👍 4
  • 🔥 2
  • 😁 1
  • 🐳 1
Post #38 1.17K
Adiz Asrorov Qaysi rang sizga yoqyapti? 🔥 - sariq ❤️ - ko'k
Ikki xil variantni ham render qildim. Bittasi asosiy lentada, ikkinchisini esa trial reels'da sinab ko'ramiz.
  • 🥰 3
Post #36 1.19K
Qaysi rang sizga yoqyapti?

🔥 - sariq
❤️ - ko'k
  • ❤ 75
  • 🔥 41
  • ❤‍🔥 2
  • 💘 1
Post #35 1.11K
3:00 am cooking
  • ❤ 11
  • 🔥 3
  • ⚡ 1
Post #33 1K
Bulutlardan foydalanib oldim, bugun chiqadi
  • 🔥 8
  • ❤ 2
  • 👍 1
Post #32 926
Osmon mazza bugun. Montajda Sky replacement qilish ham shart emas 🥰
  • ❤ 14
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →