TGViewer
Adiz Asrorov Adiz Asrorov @adizezz · 944 subscribers
Post #45 1.23K
Agar video qilishda eng ko'p vaqt sarflaydigan narsangiz tasvirga olish, montaj qilish, "effektlar qo'shish" bo'lsa — nega meni hech kim ko'rmayapti deb nolishga haqqingiz yo'q.

2 yil oldin bitta zo'r gapni eshitgandim, haligacha o'sha fikrda qolaman:
Mazmun, mohiyat — qobiqdan muhim.
Qobiq — mazmun va mohiyatni yetkazib berish uchun muhim.

Суть важнее формы. Форма важна, чтобы доносить суть.


Qimmat kamera, qimmat montaj bo'lishi shart emas. Umuman. Shunchaki telefonning selfi-kamerasiga gapirib video olsangiz ham sizni odamlar ko'raveradi. Bunga oddiy misol Teacher Azam yoki mana bu akkaunt. Tokhirov.13 shunchaki Telegramda olingan yumaloqchalar orqali 354K obunachi yig'ib qo'yipti hozir qarasam.

Odamlar sizni ko'rishini xohlaysizmi? Storytellingni o'rganing, qiziq suhbatdosh bo'ling, qiziqarli mavzularni olib chiqing. Nima uchun reels ko'rib o'tirganimda aynan sizning videoingiz chiqqanda to'xtab, uni oxirigacha ko'rishim kerak? Sizni videoingiz menga nima beradi?

Shu savollarga javob qidiring, aynan shu qismiga vaqt sarflang, mehnatingiz shunga ketsin. Qolgan narsalar kerak emas demayman, ular bo'lsa albatta yaxshi. Shunchaki asosiy narsalar haqida unutib qo'ymang.

Videolarni uchiradigan qandaydir sehrli hooklar, effektlar, musiqa yoki qandaydir sehrli tabletkalar yo'q. Siri oddiy — storytelling (to'g'ridan to'g'ri tarjima qilsam "hikoyalarni chiroyli aytib bera olish qobiliyati")
  • ❤‍🔥 20
  • 🔥 8
  • ❤ 7
  • ⚡ 4
  • ✍ 1
More from @adizezz
  1. Oct 2, 2026YouTube'da yangi video! 📹 https://youtu.be/MZPmlZyw4-I Bu post esa shu videoni montaj qil…
  2. Sep 11, 2026Post #141
  3. Sep 7, 2026📹 https://youtu.be/u_wxeZiuY4w Kutilmagan drop
  4. Jul 27, 2026Post #139
  5. Jul 15, 2026Post #138
  6. Jul 10, 2026Post #137
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →