TGViewer
Adiz Asrorov Adiz Asrorov @adizezz · 944 subscribers
Post #39 1.6K
Meni atrofimdagilarim va yaqinlarim — meni eng katta dushmanim ekan 😭

Har doimgiday kechasi soat 3 da kelib qolgan fikrlar.

Birorta yangi ishga qo'l urmoqchi bo'lganizda shu narsaga tayyor bo'ling. Chunki heyterlar siz uchun shunchaki yoqimsiz shovqin bo'lsa, yaqinlaringiz haqiqiy to'siq bo'lishi mumkin.

Yo'q. Ular sizni orqaga tortmaydi, yomonlik tilamaydi. Aksincha, sizni har qanaqasiga qo'llab-quvvatlaydi, motivatsiya beradi, maqtaydi. Va aynan mana shu narsa — eng katta ayyor tuzoq.

Nega?

2 hafta oldin instagramda o'z blogimni yuritishni boshladim. Boshida qilgan videolarimga juda ko'p vaqt, kuch va mehnat ketgan. Va ularni orqasidan kelgan yaxshi gaplar — o'sha men aytgan tuzoq. Juda xavfli tuzoq.

— Zo'r video qilibsan
— Montajni yorvoribsiz
— Sifatga gap yo'q
— Bosing, to'xtamang

Bunaqa maqtov gaplarni eshitish albatta mazza. Lekin ular sizni hech nima qilmaslikka yoki demotivatsiyaga olib kelishi mumkin. Chunki siz o'z ishingizni yaxshi boshladingiz, atrofingizdagilarni haqiqatdan hayron qoldirdiz. Endi sizda yangi muammo paydo bo'ldi — avvalgidanda yaxshiroq narsa qilish.

Siz bir marta darajangizni ko'rsatib maqtov olganizdan keyin, ishingiz aksincha qiyinlashadi. O'zimda ham shunday bo'ldi. "O'zimdan o'zim o'tishim kerak deb" hamma narsani o'ta chiroyli va ideal qilishga harakat qilmoqchi bo'ldim, lekin vaqtida bu narsani tushгnib qoldim. Chunki avval ham bu narsa boshimdan o'tgan-da 🙂

Xulosa: atrofdagilarni roziligini olish va maqtovlar uchun harakat qilmang.

Maqtov eshitish — bu albatta yaxshi. Siz o'zingiz xohlagan, qalban istagan narsani qildiz va yaxshi izohlar oldiz. Lekin bu degani har doim o'sha odamlarni maqtovini eshitishga harakat qilish kerak degani emas. Shunchaki shirin gap va maqtov emas, sizga baxt olib keladigan narsani qiling.
  • ❤‍🔥 20
  • ❤ 8
  • 💯 6
  • 👍 4
  • 🔥 2
  • 😁 1
  • 🐳 1
More from @adizezz
  1. Oct 2, 2026YouTube'da yangi video! 📹 https://youtu.be/MZPmlZyw4-I Bu post esa shu videoni montaj qil…
  2. Sep 11, 2026Post #141
  3. Sep 7, 2026📹 https://youtu.be/u_wxeZiuY4w Kutilmagan drop
  4. Jul 27, 2026Post #139
  5. Jul 15, 2026Post #138
  6. Jul 10, 2026Post #137
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →