TGViewer
Channel Public Channel
Adiz Asrorov

Adiz Asrorov

@adizezz

Kontent va ijoda haqida

Insta: instagram.com/adizezz
YouTube: youtube.com/@adizezz
Reklama va takliflar: @adeezez
Subscribers
944
Photos
52
Videos
1
Links
26

Showing posts older than #32 · Back to latest

Older Posts 19 shown
Post #30 842
Ha azizlar, bu reels og'ir keldi. Ertalabgacha tugataman degan umiddaman
  • ⚡ 6
  • 🔥 4
  • ❤ 1
Post #29 853

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ❤ 9
  • 🔥 5
  • ⚡ 2
  • 👍 1
Post #28 883
"Mening yoshim 23 da va siz menga nisbatan 6 yil ko'proq yashaysiz/men sizdan 6 yil ertaroq o'laman"

Shu videoni shunaqa boshlaganda qanday bo'lardi? Nima deb o'ylaysiz? Trial reels qilib bitta test qilib ko'rish kerak ekan
  • ❤ 6
  • 🔥 3
  • 🥰 1
Post #26 821
Adiz Asrorov Video message
Hozircha raskadrovkalar ichidagi eng qiyin qismlardan biri. Tushingan tushindi

Tushinmaganlar uchun
  • 🔥 14
  • ❤ 2
  • 😁 2
Post #25 764

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 🔥 12
  • 🤝 1
Post #24 752
Mening oxirgi videolarimga keladigan bo'lsak.

Ketkazgan vaqtimga achinamanmi? Yo'q. U videolardan men millionlar kutmadim. Asosiy maqsad — nimadir qilish edi. Katta tanaffusdan so'ng yana rejimga qaytish va biror nima chiqarishni boshlash.

Agar prosmotr kerak bo'lganida shriftlar, perexodlar va ramkani izohlarda kalit so'z yozdirib tarqatardim misol uchun.

Hozirgi eng birinchi maqsad — ichimda yig'ilib qolgan fikrlarni chiqarib olish, g'oyalar va kreativni realizatsiya qilish va kontent chiqarishni odatga aylantirish.

Blog oyoqqa turib olganidan keyin esa sonlar bilan ishlashni boshlayman. Hozircha esa "по кайфу".

Bitta blogerni zo'r gapi miyamda qolib ketti — "делайте то, что приносит вам счастье". Sizga baxt olib keladigan narsani qiling. Oltinga teng gaplar :)

Qolgani esa bir gap bo'lar.
  • ❤ 8
  • 🔥 5
  • 😁 1
Post #22 716
Sizni qimmat kamera va montajingiz hech kimga kerak emas.

Agar siz biror bir gapni odamlarga qiziqarli yetkazolmasangiz, qimmat videolardan foyda yo'q. Va aksincha. Siz ma'lumotni yaxshi va odam e'tiborini ushlab qola oladigan darajada gapirishni bilsangiz, sizga ortiqcha harakatni keragi ham yo'q.

Bunga yaqqol misol — men adizezz blogimda qilgan va hozir qilayotgan kontent.

Skrinshotlarga e'tibor bering. Birinchi video qo'l uchida qilingan, uni montaj va syomkasiga uzog'i 2 soat ketgan. Natijasini ko'rib turibsiz. 500K

Oxirgi chiqqan videolardachi? Natija bo'lgan jarayonni oqlamagan, tan olish kerak.

Qiziq mavzu shundoq ham prosmotr yig'averadi. Shuning uchun perfeksionizmga berilib, qimmat kamera olishim kerak deb o'tirmang. Qo'l ostingizda bor narsalardan boshlayvering. Sifat esa vaqt va tajriba oshgani bilan birga ko'tarilib boraveradi.
  • ❤ 12
  • 😁 1
Post #20 597
Keyingisi ham ketti mana
  • 🔥 11
Post #18 647
Cooking
  • 🔥 10
Post #17 596
Yaxshi gʻoya kelib qolsa issiq paytida bosvorgan yaxshi baribir😎
  • 🔥 9
  • ❤ 2
Post #14 588
Umrimda biror marta DaVinci ishlamagan boʻlsam ham, After Effects qilgan 1 soatlik ishni Davincida 15 soniyada bitirdim. Hayot goʻzal

RotoBrushdan koʻra Magic Mask bosing, ancha vaqt va asab tejaysiz
  • 🔥 14
  • 🤝 1
Post #13 580
Tez kunda ko'rishamiz 😉
  • 🔥 9
  • 😍 2
  • 👍 1
  • 🍾 1
Post #10 1.14K
Bloger boʻlish va shu orqali pul topish orzusida yurganlar — birinchi 10 ta videosini olmasdan taslim boʻladi.

Taslim boʻlmaganlar esa davom etib, oʻz maqsadiga erishadi. Lekin real hayotning achchiq haqiqatiga duch keladi.

Obunachilar — bor.
Prosmotrlar — bor.
Pul — negadir yoʻq.

Qanaqasiga? Axir u oliy ma’lumotli shifokor/psixolog/yurist/ekspert boʻlsa. Trenddan qolmay deb videolar tayyorladi, yukladi, uni 500 ming odam koʻrdi.

Bu 500 ming odam meni bitta rolikimdan keyin sahifamga kirib, kim ekanligimni tanib, murojaat qilishi kerakmasmidi? Shuncha keyslar bor ediya… essiz.

Yoʻq. Tomoshabin e’tiborini jalb qilib, uni videoni oxirigacha ushlab turishning oʻzi yetarli emas.

Bu sizga faqat yangi obunachilar olib kelishi mumkin. Ular sizga pul olib keladimi, yoʻqmi… kim bilsin)
  • 👍 20
  • 😁 3
Post #9 1.11K
Nima haqida video olishni bilmayapman 🤷‍♂️
Shunaqa savol qaytib sizni qiynamaslik uchun nima qilish kerak?


Mening o‘zimga yoqmaydigan odatlarimdan biri — bu tez qaror qabul qila olmaslik. Ko‘p ikkilanaman, o‘ylayman, shubhalanaman. Prokrastinatsiya, perfeksionizm, qo‘rquvlar ham qaror qila olmaslikka qo‘shilib chiqib keladi. Ildiziga boqadigan bo‘lsak — maqsadning aniq emasligi yotadi.

Aniq reja, yozib chizib chiqilgan maqsadlar bo‘lmasa qaror qabul qilish ham qiyin. Post boshidagi muammoning yechimi ham aynan shunda:

Nima haqida video olishni bilmayapsizmi? Bu sizga nima uchun kerakligini aniqlab oling.

Maqsad mashhur bo‘lib ketish, millionlab prosmotr yig‘ish bo‘lsa yana bir bor o‘ylab ko‘ring. Mashhurlik sizga nima uchun kerak? millionlar-chi?

Masalan, videolar orqali pul qilishni xohlasangiz super-yulduz va million obunachiga ega bloger bo‘lish har doim ham kerak emas. 50-100 ming obunachi va shuncha prosmotrlar bilan ham 20-50-100 ming $$$ qilayotganlarni shaxsan taniyman.

Demak, mashhur bo‘lish, ko‘p obunachi yig‘ish ortida pulga ehtiyoj turibdi. Endi reja qilish mumkin.

100 ming obunachi yig‘ish avvalgidan ancha oson bo‘lib qolgan. Bu songa biz yarim yilda erishdik. Qiyinlashtirish kerak emas. Avval yo‘nalishni aniqlang. G‘oya va ssenariy ustida ishlang. Video tayyorlang. Yuklang. Bo‘ldi. Boshida shuning o‘zi yetadi.

Videolaringizni ko‘rayotgan odamlar shunchaki chiroyli son bo‘lib qolmasligi va pul olib kelishi uchun voronka qilib qo‘ying. Eng oddiy voronka ham hech nimadan ko‘ra yaxshi.

Misol uchun: videoda 100 000 prosmotr — voronkaga 2000 ta odam kirdi — 500 ta kishi siz bilan bog‘landi — 5 ta odam sotib oldi. Mahsulot narxi boshida arzon bo‘ladi, $20 deb hisoblasak ham bu $100 bo‘ladi.

Shunda bitta video sizga $100 olib keldi. To‘g‘ri, konversiya juda kam hisoblangan. Ammo video va voronka ustida ishlab uni ko‘tarish muammo emas.
  • 🔥 20
  • ❤ 4
  • 👏 2
  • 🎅 2
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →