TGViewer
Channel Public Channel
Adiz Asrorov

Adiz Asrorov

@adizezz

Kontent va ijoda haqida

Insta: instagram.com/adizezz
YouTube: youtube.com/@adizezz
Reklama va takliflar: @adeezez
Subscribers
943
Photos
52
Videos
1
Links
26

Showing posts older than #9 · Back to latest

Older Posts 3 shown
Post #5 1.06K
Muvaffaqiyatga erishgan mashhur odamlar shunchaki kerakli joyda, kerakli vaqtda tugʻilgan. Sharoiti, tanish-bilishlari kuchli boʻlgan boʻlishi mumkin.

Menda ham shunaqa. Koʻp joyda omadim kelgan. Tanish-bilish qarashgan. Shunchaki oʻxshab qolgan. Nimadir tasodifan yurib ketgan.

Lekin harakat, doimiylik, tizim boʻlmasa bu huddi GreenCard oʻynashga oʻxshaydi:

— siz Amerikaga tasodifan lotereya orqali ketishingiz;

— yoki omadni kutmasdan, tayyorgarlik koʻrib, nimadir qilib oʻqish uchun ketsangiz boʻladi.

GreenCard’ga nisbatan bu ancha realistik usul 🤷‍♂️

Qancha omad kelmasin agar tizimga oʻgirmasangiz — protsesslar uzoqqa yetib bormasdan toʻxtab qolish ehtimoli juda yuqori boʻladi.

Har kuni qanaqa kontent qilsam ekan, bugun nima haqida video olsam ekan degan yaxshimi? Yoki ertalab uygʻongandan miyyada aniq ssenariylar va gʻoyalar tayyor turgani yaxshiroqmi?

Shunchaki omad, tasodif, vaqtinchalik imkoniyatlar bilan uzoq muddat nimadir qilish mumkin deb oʻylamayman.

Shaxsan menga hamma narsani qulay tizim, reja, qadam-baqadam instruksiyaga oʻgirib olib ishlash ancha qulay. Nima qilishim kerak, nimadan boshlasam ekan degan savollarni yengishda aynan shular yordam beradi.

Kontent yaratishda reja va algoritmlarni qanday tuzishim qiziq boʻlsa reaksiya bildiring, mavzuni davom etamiz.
  • 🔥 19
  • 👍 5
  • 😁 1
  • 💯 1
Post #3 1.22K
Boshqalardan ko‘chirish — o‘lim jazosimi yoki qamchi bilan savalash?

Avval menda texnologiyalar haqida kanal bor edi, u yerda layfhaklar bilan bo‘lishar edim. Avvaliga o'zimni qiynamasdan “Не баг, а фича” kanalidan kontentni o'zimdan hech nima qo'shmasdan ko'chirardim.

Keyin o'z kanalimga shaxsiy blog kabi qarashni boshlab jiddiyroq yondashdim. Va boshqa bir kishi mendan ko‘chirishni boshlaganida, juda asab bo'lganman. Lekin umumiy olib qaralsa, men ham boshida ko‘chirganman.

Keyinchalik tushundim-ki, ko‘chirish — bu normal holat. Boshqalarga qarab ulardan o‘rnak olasan va shu yo‘l bilan o‘zinga mos kontentga kelasan.

Bitta manbadan ko'chirsangiz — plagiat, bir nechta manbalardan ko'chirib, o'zingizdan nimadir qo'shib yangi kontent yaratish — plagiat emas.

Bu sizga nafaqat qaysi yo'nalishda kontent qilish, balki natijaga tezroq chiqishga yordam beradi.

Boshqa mualliflarda nima o'xshagan, nima o'xshamaginini analiz qilasiz va o'zingizda eng muvaffaqiyatli keyslarni qo'llaysiz. Profit!
  • 🔥 8
  • ❤ 3
  • 🎉 1
Post #1
Channel created
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →