TGViewer
Adiz Asrorov Adiz Asrorov @adizezz · 943 subscribers
Post #5 1.06K
Muvaffaqiyatga erishgan mashhur odamlar shunchaki kerakli joyda, kerakli vaqtda tugʻilgan. Sharoiti, tanish-bilishlari kuchli boʻlgan boʻlishi mumkin.

Menda ham shunaqa. Koʻp joyda omadim kelgan. Tanish-bilish qarashgan. Shunchaki oʻxshab qolgan. Nimadir tasodifan yurib ketgan.

Lekin harakat, doimiylik, tizim boʻlmasa bu huddi GreenCard oʻynashga oʻxshaydi:

— siz Amerikaga tasodifan lotereya orqali ketishingiz;

— yoki omadni kutmasdan, tayyorgarlik koʻrib, nimadir qilib oʻqish uchun ketsangiz boʻladi.

GreenCard’ga nisbatan bu ancha realistik usul 🤷‍♂️

Qancha omad kelmasin agar tizimga oʻgirmasangiz — protsesslar uzoqqa yetib bormasdan toʻxtab qolish ehtimoli juda yuqori boʻladi.

Har kuni qanaqa kontent qilsam ekan, bugun nima haqida video olsam ekan degan yaxshimi? Yoki ertalab uygʻongandan miyyada aniq ssenariylar va gʻoyalar tayyor turgani yaxshiroqmi?

Shunchaki omad, tasodif, vaqtinchalik imkoniyatlar bilan uzoq muddat nimadir qilish mumkin deb oʻylamayman.

Shaxsan menga hamma narsani qulay tizim, reja, qadam-baqadam instruksiyaga oʻgirib olib ishlash ancha qulay. Nima qilishim kerak, nimadan boshlasam ekan degan savollarni yengishda aynan shular yordam beradi.

Kontent yaratishda reja va algoritmlarni qanday tuzishim qiziq boʻlsa reaksiya bildiring, mavzuni davom etamiz.
  • 🔥 19
  • 👍 5
  • 😁 1
  • 💯 1
More from @adizezz
  1. Oct 2, 2026YouTube'da yangi video! 📹 https://youtu.be/MZPmlZyw4-I Bu post esa shu videoni montaj qil…
  2. Sep 11, 2026Post #141
  3. Sep 7, 2026📹 https://youtu.be/u_wxeZiuY4w Kutilmagan drop
  4. Jul 27, 2026Post #139
  5. Jul 15, 2026Post #138
  6. Jul 10, 2026Post #137
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →