Sizni qimmat kamera va montajingiz hech kimga kerak emas.
Agar siz biror bir gapni odamlarga qiziqarli yetkazolmasangiz, qimmat videolardan foyda yo'q. Va aksincha. Siz ma'lumotni yaxshi va odam e'tiborini ushlab qola oladigan darajada gapirishni bilsangiz, sizga ortiqcha harakatni keragi ham yo'q.
Bunga yaqqol misol — men adizezz blogimda qilgan va hozir qilayotgan kontent.
Skrinshotlarga e'tibor bering. Birinchi video qo'l uchida qilingan, uni montaj va syomkasiga uzog'i 2 soat ketgan. Natijasini ko'rib turibsiz. 500K
Oxirgi chiqqan videolardachi? Natija bo'lgan jarayonni oqlamagan, tan olish kerak.
Qiziq mavzu shundoq ham prosmotr yig'averadi. Shuning uchun perfeksionizmga berilib, qimmat kamera olishim kerak deb o'tirmang. Qo'l ostingizda bor narsalardan boshlayvering. Sifat esa vaqt va tajriba oshgani bilan birga ko'tarilib boraveradi.
Post #22
716


- ❤ 12
- 😁 1