TGViewer
Adiz Asrorov Adiz Asrorov @adizezz · 942 subscribers
Post #10 1.14K
Bloger boʻlish va shu orqali pul topish orzusida yurganlar — birinchi 10 ta videosini olmasdan taslim boʻladi.

Taslim boʻlmaganlar esa davom etib, oʻz maqsadiga erishadi. Lekin real hayotning achchiq haqiqatiga duch keladi.

Obunachilar — bor.
Prosmotrlar — bor.
Pul — negadir yoʻq.

Qanaqasiga? Axir u oliy ma’lumotli shifokor/psixolog/yurist/ekspert boʻlsa. Trenddan qolmay deb videolar tayyorladi, yukladi, uni 500 ming odam koʻrdi.

Bu 500 ming odam meni bitta rolikimdan keyin sahifamga kirib, kim ekanligimni tanib, murojaat qilishi kerakmasmidi? Shuncha keyslar bor ediya… essiz.

Yoʻq. Tomoshabin e’tiborini jalb qilib, uni videoni oxirigacha ushlab turishning oʻzi yetarli emas.

Bu sizga faqat yangi obunachilar olib kelishi mumkin. Ular sizga pul olib keladimi, yoʻqmi… kim bilsin)
  • 👍 20
  • 😁 3
More from @adizezz
  1. Oct 2, 2026YouTube'da yangi video! 📹 https://youtu.be/MZPmlZyw4-I Bu post esa shu videoni montaj qil…
  2. Sep 11, 2026Post #141
  3. Sep 7, 2026📹 https://youtu.be/u_wxeZiuY4w Kutilmagan drop
  4. Jul 27, 2026Post #139
  5. Jul 15, 2026Post #138
  6. Jul 10, 2026Post #137
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →