Nima haqida video olishni bilmayapman 🤷♂️
Shunaqa savol qaytib sizni qiynamaslik uchun nima qilish kerak?
Mening o‘zimga yoqmaydigan odatlarimdan biri — bu tez qaror qabul qila olmaslik. Ko‘p ikkilanaman, o‘ylayman, shubhalanaman. Prokrastinatsiya, perfeksionizm, qo‘rquvlar ham qaror qila olmaslikka qo‘shilib chiqib keladi. Ildiziga boqadigan bo‘lsak — maqsadning aniq emasligi yotadi.
Aniq reja, yozib chizib chiqilgan maqsadlar bo‘lmasa qaror qabul qilish ham qiyin. Post boshidagi muammoning yechimi ham aynan shunda:
Nima haqida video olishni bilmayapsizmi? Bu sizga nima uchun kerakligini aniqlab oling.
Maqsad mashhur bo‘lib ketish, millionlab prosmotr yig‘ish bo‘lsa yana bir bor o‘ylab ko‘ring. Mashhurlik sizga nima uchun kerak? millionlar-chi?
Masalan, videolar orqali pul qilishni xohlasangiz super-yulduz va million obunachiga ega bloger bo‘lish har doim ham kerak emas. 50-100 ming obunachi va shuncha prosmotrlar bilan ham 20-50-100 ming $$$ qilayotganlarni shaxsan taniyman.
Demak, mashhur bo‘lish, ko‘p obunachi yig‘ish ortida pulga ehtiyoj turibdi. Endi reja qilish mumkin.
100 ming obunachi yig‘ish avvalgidan ancha oson bo‘lib qolgan. Bu songa biz yarim yilda erishdik. Qiyinlashtirish kerak emas. Avval yo‘nalishni aniqlang. G‘oya va ssenariy ustida ishlang. Video tayyorlang. Yuklang. Bo‘ldi. Boshida shuning o‘zi yetadi.
Videolaringizni ko‘rayotgan odamlar shunchaki chiroyli son bo‘lib qolmasligi va pul olib kelishi uchun voronka qilib qo‘ying. Eng oddiy voronka ham hech nimadan ko‘ra yaxshi.
Misol uchun: videoda 100 000 prosmotr — voronkaga 2000 ta odam kirdi — 500 ta kishi siz bilan bog‘landi — 5 ta odam sotib oldi. Mahsulot narxi boshida arzon bo‘ladi, $20 deb hisoblasak ham bu $100 bo‘ladi.
Shunda bitta video sizga $100 olib keldi. To‘g‘ri, konversiya juda kam hisoblangan. Ammo video va voronka ustida ishlab uni ko‘tarish muammo emas.
Post #9
1.11K
- 🔥 20
- ❤ 4
- 👏 2
- 🎅 2