1 oy oldin kontent qilishni boshlagandim. Ishtiyoq bilan birinchi 15 kun ishladim, keyin ishlarga ko'milib yetarlicha yaxshi kontent qilmadim deb o'ylayman.
Lekin shunga qaramasdan boshida qilingan videolarni o'zi tortib-tortib 10 mingga olib keldi. Eng qizig'i — shu paytgacha 15 tacha yaxshi reels qilgan bo'lsam ulardan atigi 20-30% eng ko'p obunachi olib keldi.
Aslida bitta video bilan ham shuncha obunachi yig'ish mumkin edi, bunaqa keyslar tajribamda bo'lgan bir necha marta. Lekin o'zimni blogimga kelganda perfeksionizm oyoqdan chaldi va 1 oyga cho'zilib ketti.
Nima bo'lsayam 10K degan marradan o'tib oldim. Buyog'iga tezroq 100K ga harakat
Post #47
1.21K

- 🔥 33
- ❤ 9
- ❤🔥 4
- 👍 2
- 😁 1