Blog yuritishni boshlaganlarni orasidagi eng yoqimsiz va ishtiyoqni tushiradigan xato 🤬
Shu paytgacha ko'plab odamlar bilan ishlab keldim, hozir ham birga ishlaydigan loyihalarimiz ko'p. Va hammasida boshida bir xil xato kuzatiladi. Bu xato ishtiyoqni tushirib yuborishi va demotivatsiyaga olib kelishi mumkin.
Nafaqat videokontentda, balki deyarli barcha sohalarga taalluqli. Chunki nima bilan shug'ullanishingizdan qat'i nazar — shoshqaloqlik oyog'ingizdan chalishi mumkin. Tez natija bo'lishini kutish, tezroq nimagadir erishish. Aynan shu shoshish barcha kayfni o'ldiradi. Aynan jarayon kayfini.
Reels, Youtube'da ham shunday. Misol uchun 1 ta reels bilan yoki 1 ta YouTube video bilan 10 minglab obunachi yig'ib qo'yish mumkin. Bunaqa keyslar o'zimda ham bor.
(bitta reelsimizdan 40K kelgan vaziyat ham bo'lgan)
Lekin bunaqa natijalar ortida mehnat, tajriba va jarayonni o'zidan mazza qiladigan odamlar turadi. Shaxsan o'zimning ham eng zo'r keyslarimda maqsad faqatgina sonlar bo'lmagan. Sifat, qilayotgan narsam qanchalik qiziqligi ham muhim bo'lgan.
Jarayondan mazza qiling.
Sifatni unutmang.
Tez natija kutmang.
Tajribani oshirib boring.
Yaqindagina bo'lgan oddiy misol:
Bitta yaqin tanishim instagram uchun kontent qilmoqchiman dedi. Qilib boshladi. G'oya, ssenariy, syomka tomonlama yordamlashdim.
Birinchi videolar ko'p ko'rilmadi. O'rtacha 10 ming atrofida.
"Nega uchmayapti" deb savollar beraverdi.
Aytgan gapim har doim bir xil edi:
"Siz avval 10-15 ta video qiling-chi, keyin gaplashamiz"
Natijada nima bo'ldi: kecha yangi video yukladik, bugun 45K. O'sishni davom etyapti, 100K dan o'tishi aniq.
Shuning uchun insonlar, hovliqmanglar. Tavakkal va sabr deyishadi-ku, bu gapda jon bor 😎
Post #42
1.15K
- 🔥 16
- ❤🔥 6
- 👍 4
- ❤ 2
- ⚡ 1
- 😁 1