TGViewer
Adiz Asrorov Adiz Asrorov @adizezz · 944 subscribers
Post #41 2.01K
Videoda musiqa — shunchaki orqa fondagi ovozlar emas

Musiqa videoni kayfiyatiga va atmosferasiga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qila oladigan vosita. Uni to'g'ri tanlash esa sizga mavzuni yaxshiroq ochishda yordam beradi.

Oddiy misol: agar mana shu reels fonida Fight Club filmidagi musiqa bo'lmaganida, u unchalik qiziq bo'lmasdi — instagram.com/reel/DLdLDV_KFNC

Yoki hayotda o'z yo'lini topish haqidagi reels:
instagram.com/reel/DLxtazWKFC2

Ikkalasida ham g'oya musiqa asosida tuzilgan, ssenariy va montaj reelslardagi musiqaga moslangan.

Musiqa sizga e'tiborni ushlab turishda,
tomoshabinni zeriktirib qo'ymaslikda,
kayfiyatni aniq to'g'ri yetkazishda yordam beradi.


🎁 Videolaringizni boyitadigan, o'zim ishlatadigan va tavsiya qiladigan musiqiy janrlar:

— lo-fi beats. Sokin, ma'yin treklar. Vlog formatlar uchun juda qulay.

— indie, post punk rock. Barabanlar tez bo'lgan dinamik janrlardan biri. O'zim asosan qandaydir tutorial kabi videolarda ishlataman.

— boom bap rap, alternative hip hop. O'rtacha chill vibe, juda sekin ham emas, tez ham emas. Qaysidir ma'noda neytral.

— techno. Dinamik, tez va jangovor janr.

— funk. Chill, sokin lekin shunga qaramasdan dinamikaga boy format. Ma'yin yoqimli barabanlar, jazzga yaqin yo'nalish.

Videolar uchun ishlatsa bo'ladigan barcha treklarni bitta kanalga yig'ib chiqmoqchiman. Nima deysizlar? Agar qiziq bo'lsa olov bosib qo'ying
  • 🔥 50
  • ❤ 7
  • 👍 4
  • 🤣 3
  • ❤‍🔥 2
  • 😁 1
More from @adizezz
  1. Oct 2, 2026YouTube'da yangi video! 📹 https://youtu.be/MZPmlZyw4-I Bu post esa shu videoni montaj qil…
  2. Sep 11, 2026Post #141
  3. Sep 7, 2026📹 https://youtu.be/u_wxeZiuY4w Kutilmagan drop
  4. Jul 27, 2026Post #139
  5. Jul 15, 2026Post #138
  6. Jul 10, 2026Post #137
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →