TGViewer
Xalqaro tadqiqotlar markazi | International Studies Center I Avloniy Instituti Xalqaro tadqiqotlar markazi | International Studies Center I Avloniy Instituti @xtmavloniy · 1.08K subscribers
Post #73 101

Forwarded from A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

‼️‼️‼️
IEA rasmiy saytida O‘zbekistonning a’zolikka qabul qilingani e’lon qilindi

Ta’limdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) o‘zining rasmiy veb-saytida A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti IEA Bosh Assambleyasiga a’zolikka qabul qilingani haqida xabar e’lon qildi.

Xabarda Polshaning Varshava shahrida o‘tkazilayotgan IEA Bosh Assambleyasining 67-sessiyasida Institutning a’zoligi tasdiqlangani qayd etilgan.

Shuningdek, O‘zbekistonning 2021-yildan buyon PIRLS, TIMSS va REDS xalqaro tadqiqotlaridagi faol ishtiroki hamda tashkilot faoliyatiga qo‘shib kelayotgan hissasi alohida e’tirof etilgan.

IEA ijrochi direktori doktor Dirk Hastedt O‘zbekistonning a’zolikka qabul qilinishi munosabati bilan quyidagi fikrlarni bildirdi:

“O‘zbekistonni IEA a’zosi sifatida qutlashdan mamnunman. O‘zbekiston yillar davomida PIRLS, TIMSS va REDS kabi tadqiqotlarda ishtirok etib, faoliyatimizga muhim va salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda. Ushbu hamkorlikni yanada rivojlantirishni hamda Institutning IEA a’zosi sifatidagi faol ishtiroki davom etishini intiqlik bilan kutaman”.

Bundan tashqari, IEAning rasmiy a’zolar ro‘yxatiga O‘zbekiston nomidan A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti kiritilib, Bosh Assambleyadagi vakil sifatida Institut rektori Abduvali Ismailov ko‘rsatilgan.

🩵IEA rasmiy xabari:(https://www.iea.nl/news-events/news/new-iea-member-uzbekistan)

👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube |  🌐Instagram
  • ❤ 2
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 👏 1
More from @xtmavloniy
  1. Oct 5, 2026✨✨✨✨ Xalqaro e’tirof: Avloniy instituti 60 dan ortiq davlatni birlashtirgan IEA Bosh Assam…
  2. Oct 5, 2026✨✨✨✨ Avloniy instituti faoliyati IEA Bosh Assambleyasining 67-sessiyasida taqdim etilmoqda…
  3. Oct 5, 2026Polshada o’tayotgan IEA Bosh Assambleyasining 67-sessiyasida Institut rektori Abduvali Ism…
  4. Sep 30, 2026Muallimning qadri va obro‘sini yuksaltirish natijasida sohaga ko‘plab malakali pedagoglar…
  5. Sep 30, 2026Ta’lim islohotlarining natijalari xalqaro baholash va o‘quvchilar yutuqlarida ham ko‘rinay…
  6. Sep 28, 2026To‘g‘ri javob: 9 000 ✅ Hisoblaymiz: 10 500 ning 5% ini topamiz: 10 500 × 5% = 525 1-yildan…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →