TGViewer
Xalqaro tadqiqotlar markazi | International Studies Center I Avloniy Instituti Xalqaro tadqiqotlar markazi | International Studies Center I Avloniy Instituti @xtmavloniy · 1.08K subscribers
Post #59 330

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Ta’lim islohotlarining natijalari xalqaro baholash va o‘quvchilar yutuqlarida ham ko‘rinayotgani aytildi. “MELQO” tadqiqotida maktabgacha ta’lim tizimi yuqori baholandi. PISA reytingida 15 yoshli o‘quvchilar tabiiy fanlar bo‘yicha 32 pog‘ona yuqorilab, dunyoda 48-o‘rinni egalladi.

Joriy yilning o‘zida iste’dodli yoshlar nufuzli olimpiadalarda 228 ta medal – 38 ta oltin, 82 ta kumush va 108 ta bronzani qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston ilk bor mezbonlik qilgan xalqaro kimyo va informatika olimpiadalarida o‘quvchilarimiz yana 8 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Maktab paytidayoq xorijiy til va fan sertifikatiga ega bo‘lgan o‘quvchilar soni 100 mingga yetdi. Ushbu ko‘rsatkich 2,5 barobar ko‘paygan. Bu yil qariyb 5 ming bitiruvchi oliygohga kirishda eng yuqori ballni to‘pladi.

Prezidentimiz mazkur natijalarni ustozlar mehnati, yangilangan ta’lim mazmuni va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar bilan bog‘ladi.

Facebook|Instagram|X
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 👏 1
  • 😁 1
More from @xtmavloniy
  1. Oct 5, 2026✨✨✨✨ Xalqaro e’tirof: Avloniy instituti 60 dan ortiq davlatni birlashtirgan IEA Bosh Assam…
  2. Oct 5, 2026✨✨✨✨ Avloniy instituti faoliyati IEA Bosh Assambleyasining 67-sessiyasida taqdim etilmoqda…
  3. Oct 5, 2026Polshada o’tayotgan IEA Bosh Assambleyasining 67-sessiyasida Institut rektori Abduvali Ism…
  4. Sep 30, 2026Muallimning qadri va obro‘sini yuksaltirish natijasida sohaga ko‘plab malakali pedagoglar…
  5. Sep 28, 2026To‘g‘ri javob: 9 000 ✅ Hisoblaymiz: 10 500 ning 5% ini topamiz: 10 500 × 5% = 525 1-yildan…
  6. Sep 27, 2026Post #57
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →