Avloniy instituti faoliyati IEA Bosh Assambleyasining 67-sessiyasida taqdim etilmoqda
Ayni vaqtda Varshava shahrida bo‘lib o‘tayotgan IEA Bosh Assambleyasining 67-sessiyasida A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektori Abduvali Ismailov O‘zbekiston ta’lim tizimi, pedagoglarni kasbiy rivojlantirishdagi islohotlar va Institut faoliyati yuzasidan taqdimot qilmoqda.
Taqdimotda O‘zbekiston ta’lim tizimi, pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi, maktab rahbarlarini tayyorlash, ilmiy-tadqiqot faoliyati, shuningdek, PIRLS, PISA, TIMSS va TALIS xalqaro tadqiqotlaridagi ishtirok, ularning natijalari asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda TIMSS 2027 va PISA 2029 tadqiqotlariga tayyorgarlik masalalari yoritilmoqda.
Taqdimot yakunida A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining IEAga institutsional a’zoligi masalasi Bosh Assambleya vakillari tomonidan ovozga qo‘yiladi.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram




