TGViewer
Channel Public Channel
Xalqaro tadqiqotlar markazi | International Studies Center I Avloniy Instituti

Xalqaro tadqiqotlar markazi | International Studies Center I Avloniy Instituti

@xtmavloniy

📊 PISA • TIMSS • PIRLS • TALIS | Uzbekistan

🌍 Xalqaro tadqiqotlar

📚 Ta'lim sifati

👨‍🏫 O‘qituvchilar uchun foydali materiallar
Subscribers
1.08K
Photos
35
Videos
1
Links
15
Recent Posts 10 shown
Post #69 102

Forwarded from A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

✨✨✨✨
Xalqaro e’tirof: Avloniy instituti 60 dan ortiq davlatni birlashtirgan IEA Bosh Assambleyasiga a’zolikka qabul qilindi

Joriy yilning 5-oktabr kuni Varshava shahrida bo‘lib o‘tayotgan Ta’limdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) Bosh Assambleyasining 67-sessiyasida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti IEA Bosh Assambleyasiga a’zolikka qabul qilindi.

Institut rektori Abduvali Ismailov tomonidan o‘tkazilgan taqdimot yakunida a’zolik masalasi Bosh Assambleya vakillari tomonidan ovozga qo‘yildi va 55 ta davlat vakillarining ovoz berish natijasida Institutning a’zoligi tasdiqlandi.

Ushbu a’zolik O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun IEAning strategik yo‘nalishlarini muhokama qilish, dunyoda ta’lim tadqiqotlari hamda yangi xalqaro loyihalar va tashabbuslar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, shuningdek, xalqaro ta’lim va ilmiy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini yaratadi. Shuningdek, O’zbekiston vakiliga Bosh Assambleyaning sessiyalarida doimiy kafolatlangan o’rin va ovoz berish huquqi beriladi.


👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube |  🌐Instagram
  • ❤ 2
  • 👍 1
Post #64 152

Forwarded from A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

✨✨✨✨
Avloniy instituti faoliyati IEA Bosh Assambleyasining 67-sessiyasida taqdim etilmoqda

Ayni vaqtda Varshava shahrida bo‘lib o‘tayotgan IEA Bosh Assambleyasining 67-sessiyasida A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektori Abduvali Ismailov O‘zbekiston ta’lim tizimi, pedagoglarni kasbiy rivojlantirishdagi islohotlar va Institut faoliyati yuzasidan taqdimot qilmoqda.

Taqdimotda O‘zbekiston ta’lim tizimi, pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi, maktab rahbarlarini tayyorlash, ilmiy-tadqiqot faoliyati, shuningdek, PIRLS, PISA, TIMSS va TALIS xalqaro tadqiqotlaridagi ishtirok, ularning natijalari asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda TIMSS 2027 va PISA 2029 tadqiqotlariga tayyorgarlik masalalari yoritilmoqda.


Taqdimot yakunida A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining IEAga institutsional a’zoligi masalasi Bosh Assambleya vakillari tomonidan ovozga qo‘yiladi.

👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube |  🌐Instagram
  • 🔥 4
  • 👍 3
  • 👏 3
  • ❤ 1
Post #61 156

Forwarded from A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

Polshada o’tayotgan IEA Bosh Assambleyasining 67-sessiyasida Institut rektori Abduvali Ismailov boshchiligidagi vakillar ham ishtirok etmoqda

Joriy yilning 5–8-oktabr kunlari Varshava shahrida Ta’limdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) Bosh Assambleyasining 67-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Sessiyada 55 dan ortiq mamlakatdan ta’lim vazirliklari, ilmiy-tadqiqot institutlari va universitetlarning 123 nafar vakili ishtirok etmoqda.

Tadbir davomida IEA faoliyatining strategik yo‘nalishlari, PIRLS va TIMSS xalqaro baholash tadqiqotlarining kelgusi bosqichlari, yangi tadqiqot tashabbuslari hamda xalqaro hamkorlikka oid masalalar muhokama qilinadi.

Sessiya kun tartibiga A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining IEAga a’zolikka qabul qilinishi masalasi ham kiritilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning IEA Bosh Assambleyasiga a’zoligiga kirish masalasida 2023-yilda birinchi marta taklif etilgan bo‘lib, 2026-yilda ushbu taklif IEA Doimiy qo‘mitasi (Standing Committee) tomonidan ko‘rib chiqildi va Bosh Assambleya kun tartibiga kiritildi.

5-oktabr kuni Institut rektori Abduvali Ismailov O‘zbekiston ta’lim tizimi, Institut faoliyati va xalqaro baholash tadqiqotlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot qiladi.

Taqdimotdan so‘ng Institutning IEA ga a’zoligi masalasi Bosh Assambleya vakillari tomonidan ovozga qo‘yiladi.

IEA Bosh Assambleyasi tashkilotning eng yuqori qaror qabul qiluvchi organi bo‘lib, unga a’zolik xalqaro tadqiqotlar va strategik tashabbuslar bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida ishtirok etish, kafolatlangan o’rniga ega bo’lish, dunyo ta’limiga oid muhim qarorlar qabul qilinishida ovoz berish huquqini beradi.

👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube |  🌐Instagram
  • 👍 4
  • 🔥 1
  • 👏 1
  • 🙏 1
  • 👌 1
Post #60 376

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Muallimning qadri va obro‘sini yuksaltirish natijasida sohaga ko‘plab malakali pedagoglar kirib keldi. Xalqaro va milliy sertifikatga ega o‘qituvchilar soni besh yilda 29 mingdan 143 mingga oshdi, maktablarda o‘qituvchi yetishmasligi uch barobar kamaydi. PISA tahlilida bu ko‘rsatkich O‘zbekistonda 8 foiz, o‘rganilgan 91 davlatda o‘rtacha 40 foiz ekani keltirilgan.

Hozir 40 ming muallim 1 ming dollardan, yana 1,5 ming nafari 2 ming dollardan yuqori maosh olmoqda. Zamonaviy metodikani joriy qilayotgan, olimpiada g‘oliblarini tayyorlayotgan ustozlarning mehnati rag‘batlantirilmoqda.

Yangi formatda o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining 208 nafar tuman va shahar g‘olibiga ilk bor 616 million so‘mdan mukofot berildi. Prezidentimiz bunday e’tirof yanada ko‘proq muallimlarni yuksak marralarga intilishga undashini ta’kidladi.

Kelasi yildan tanlovni 14 ta hududdagi bog‘cha tarbiyachilari va texnikum ustalari o‘rtasida ham o‘tkazish, ularni mukofotlash taklif qilindi.

Facebook|Instagram|X
  • ❤ 2
Post #59 330

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Ta’lim islohotlarining natijalari xalqaro baholash va o‘quvchilar yutuqlarida ham ko‘rinayotgani aytildi. “MELQO” tadqiqotida maktabgacha ta’lim tizimi yuqori baholandi. PISA reytingida 15 yoshli o‘quvchilar tabiiy fanlar bo‘yicha 32 pog‘ona yuqorilab, dunyoda 48-o‘rinni egalladi.

Joriy yilning o‘zida iste’dodli yoshlar nufuzli olimpiadalarda 228 ta medal – 38 ta oltin, 82 ta kumush va 108 ta bronzani qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston ilk bor mezbonlik qilgan xalqaro kimyo va informatika olimpiadalarida o‘quvchilarimiz yana 8 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Maktab paytidayoq xorijiy til va fan sertifikatiga ega bo‘lgan o‘quvchilar soni 100 mingga yetdi. Ushbu ko‘rsatkich 2,5 barobar ko‘paygan. Bu yil qariyb 5 ming bitiruvchi oliygohga kirishda eng yuqori ballni to‘pladi.

Prezidentimiz mazkur natijalarni ustozlar mehnati, yangilangan ta’lim mazmuni va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar bilan bog‘ladi.

Facebook|Instagram|X
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 👏 1
  • 😁 1
Post #58 453
To‘g‘ri javob: 9 000 ✅

Hisoblaymiz:

10 500 ning 5% ini topamiz:
10 500 × 5% = 525

1-yildan keyin:
10 500 − 525 = 9 975

2-yildan keyin:
9 975 − 498,75 = 9 476,25

3-yildan keyin:
9 476,25 − 473,81 = 9 002,44
  • 👏 2
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 👌 1
Post #56 559
🌐 OECD tomonidan tashkil etilgan xalqaro webinar-treningda Markaz xodimlari ishtirok etdi

A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Xalqaro tadqiqotlar markazi xodimlari OECD tomonidan tashkil etilgan “Guided Tours of Education Evidence Platforms: Exploring OECD Education GPS” xalqaro webinar-treningida ishtirok etdi.

Unda OECD Education GPS platformasi orqali turli mamlakatlarning ta’limga oid ma’lumotlarini topish, ularni o‘zaro solishtirish hamda ushbu ma’lumotlardan ta’limdagi muammolarni aniqlash va qarorlar qabul qilishda foydalanish imkoniyatlari ko‘rsatib berildi.
  • 👍 4
  • 🔥 1
  • 👏 1
  • 🙏 1
Post #55 21.2K
📣 PISA 2025: O‘zbekiston natijalari endi interaktiv dashboardda!

A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining rasmiy veb-saytida PISA 2025 natijalari interaktiv dashboard shaklida taqdim etildi.

📌 Natijalarni xalqaro ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash, grafiklar orqali ko‘rish va turli omillar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni tahlil qilish mumkin.

🔵 Batafsil: https://avloniy.uz/uz/pisa2025
  • ❤ 1
  • 👍 1
  • 🔥 1
  • 👏 1
  • 👌 1
Post #53 1.73K
photo_2026-09-16_20-13-35.jpg176.8 KB PISA_2025_Biologik_xilma_xillikning_yoqolishi.pdf414.4 KB
🔉PISA 2025: test savoli ochiq ravishda e’lon qilindi!

Avvalroq OECD tomonidan PISA 2025 xalqaro tadqiqotida foydalanilgan topshiriqlar ochiq e’lon qilinayotgani haqida xabar bergan edik.

Navbatdagi ochiq topshiriq — “Biologik xilma-xillikning yo‘qolishi” bilan tanishishingiz mumkin.

PISA 2025 natijalari ham mazkur Telegram kanali orqali e’lon qilinadi.

📱 Telegram
  • ❤ 1
  • 👍 1
Older posts →

About this channel

How can I read @xtmavloniy without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Xalqaro tadqiqotlar markazi | International Studies Center I Avloniy Instituti: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Xalqaro tadqiqotlar markazi | International Studies Center I Avloniy Instituti have?
Xalqaro tadqiqotlar markazi | International Studies Center I Avloniy Instituti (@xtmavloniy) has 1.08K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Xalqaro tadqiqotlar markazi | International Studies Center I Avloniy Instituti know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →