TGViewer
Xalqaro tadqiqotlar markazi | International Studies Center I Avloniy Instituti Xalqaro tadqiqotlar markazi | International Studies Center I Avloniy Instituti @xtmavloniy · 1.08K subscribers
Post #69 109

Forwarded from A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

✨✨✨✨
Xalqaro e’tirof: Avloniy instituti 60 dan ortiq davlatni birlashtirgan IEA Bosh Assambleyasiga a’zolikka qabul qilindi

Joriy yilning 5-oktabr kuni Varshava shahrida bo‘lib o‘tayotgan Ta’limdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) Bosh Assambleyasining 67-sessiyasida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti IEA Bosh Assambleyasiga a’zolikka qabul qilindi.

Institut rektori Abduvali Ismailov tomonidan o‘tkazilgan taqdimot yakunida a’zolik masalasi Bosh Assambleya vakillari tomonidan ovozga qo‘yildi va 55 ta davlat vakillarining ovoz berish natijasida Institutning a’zoligi tasdiqlandi.

Ushbu a’zolik O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun IEAning strategik yo‘nalishlarini muhokama qilish, dunyoda ta’lim tadqiqotlari hamda yangi xalqaro loyihalar va tashabbuslar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, shuningdek, xalqaro ta’lim va ilmiy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini yaratadi. Shuningdek, O’zbekiston vakiliga Bosh Assambleyaning sessiyalarida doimiy kafolatlangan o’rin va ovoz berish huquqi beriladi.


👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube |  🌐Instagram
  • ❤ 2
  • 👍 1
More from @xtmavloniy
  1. Oct 5, 2026✨✨✨✨ Avloniy instituti faoliyati IEA Bosh Assambleyasining 67-sessiyasida taqdim etilmoqda…
  2. Oct 5, 2026Polshada o’tayotgan IEA Bosh Assambleyasining 67-sessiyasida Institut rektori Abduvali Ism…
  3. Sep 30, 2026Muallimning qadri va obro‘sini yuksaltirish natijasida sohaga ko‘plab malakali pedagoglar…
  4. Sep 30, 2026Ta’lim islohotlarining natijalari xalqaro baholash va o‘quvchilar yutuqlarida ham ko‘rinay…
  5. Sep 28, 2026To‘g‘ri javob: 9 000 ✅ Hisoblaymiz: 10 500 ning 5% ini topamiz: 10 500 × 5% = 525 1-yildan…
  6. Sep 27, 2026Post #57
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →