TGViewer
Xalqaro tadqiqotlar markazi | International Studies Center I Avloniy Instituti Xalqaro tadqiqotlar markazi | International Studies Center I Avloniy Instituti @xtmavloniy · 1.08K subscribers
Post #61 172

Forwarded from A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

Polshada o’tayotgan IEA Bosh Assambleyasining 67-sessiyasida Institut rektori Abduvali Ismailov boshchiligidagi vakillar ham ishtirok etmoqda

Joriy yilning 5–8-oktabr kunlari Varshava shahrida Ta’limdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) Bosh Assambleyasining 67-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Sessiyada 55 dan ortiq mamlakatdan ta’lim vazirliklari, ilmiy-tadqiqot institutlari va universitetlarning 123 nafar vakili ishtirok etmoqda.

Tadbir davomida IEA faoliyatining strategik yo‘nalishlari, PIRLS va TIMSS xalqaro baholash tadqiqotlarining kelgusi bosqichlari, yangi tadqiqot tashabbuslari hamda xalqaro hamkorlikka oid masalalar muhokama qilinadi.

Sessiya kun tartibiga A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining IEAga a’zolikka qabul qilinishi masalasi ham kiritilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning IEA Bosh Assambleyasiga a’zoligiga kirish masalasida 2023-yilda birinchi marta taklif etilgan bo‘lib, 2026-yilda ushbu taklif IEA Doimiy qo‘mitasi (Standing Committee) tomonidan ko‘rib chiqildi va Bosh Assambleya kun tartibiga kiritildi.

5-oktabr kuni Institut rektori Abduvali Ismailov O‘zbekiston ta’lim tizimi, Institut faoliyati va xalqaro baholash tadqiqotlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot qiladi.

Taqdimotdan so‘ng Institutning IEA ga a’zoligi masalasi Bosh Assambleya vakillari tomonidan ovozga qo‘yiladi.

IEA Bosh Assambleyasi tashkilotning eng yuqori qaror qabul qiluvchi organi bo‘lib, unga a’zolik xalqaro tadqiqotlar va strategik tashabbuslar bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida ishtirok etish, kafolatlangan o’rniga ega bo’lish, dunyo ta’limiga oid muhim qarorlar qabul qilinishida ovoz berish huquqini beradi.

👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube |  🌐Instagram
  • 👍 4
  • 🔥 1
  • 👏 1
  • 🙏 1
  • 👌 1
More from @xtmavloniy
  1. Oct 6, 2026‼️‼️‼️ IEA rasmiy saytida O‘zbekistonning a’zolikka qabul qilingani e’lon qilindi Ta’limda…
  2. Oct 5, 2026✨✨✨✨ Xalqaro e’tirof: Avloniy instituti 60 dan ortiq davlatni birlashtirgan IEA Bosh Assam…
  3. Oct 5, 2026✨✨✨✨ Avloniy instituti faoliyati IEA Bosh Assambleyasining 67-sessiyasida taqdim etilmoqda…
  4. Sep 30, 2026Muallimning qadri va obro‘sini yuksaltirish natijasida sohaga ko‘plab malakali pedagoglar…
  5. Sep 30, 2026Ta’lim islohotlarining natijalari xalqaro baholash va o‘quvchilar yutuqlarida ham ko‘rinay…
  6. Sep 28, 2026To‘g‘ri javob: 9 000 ✅ Hisoblaymiz: 10 500 ning 5% ini topamiz: 10 500 × 5% = 525 1-yildan…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →