TGViewer
Xodimga Xodimga @xodimga · 1.63K subscribers
Post #56 3.91K
Aybdor qidirma. Mas’uliyatni bo‘yningga ol.

Yaqinda intervyuda bir yigitdan oldingi ishidan ketish sababini so‘raganimda:

- Oxirgi ish joyimdan ketishimga sabab - menejerim juda qattiq tanqid qilib, so‘kib bergani bo‘ldi.
- Nima sababdan?
- Ozgina vaqtga kechga qolganim uchun.
- Birinchi marta kech qolishingga shunaqa so’kdimi?
- Yo‘q, uchinchisi edi.
- Birinichi ikkitasida nima degan?
- Xonasiga chaqirib, chiroyli tanbeh bergan..

Xodim o‘z xatosini ko‘rish o‘rniga, menejerni “yomon odam” qilib, o‘zini “qurbon” qilib ko‘rsatyapti.

Bir marta kech qolish - bu xatolik.

Ogohlantirishlarga qaramay, uchinchi marta kech qolish - bu o‘z tanloving va kompaniya qoidalariga bo‘lgan bepisandligingdir.

Odatda talabchan rahbarni “zolim” deb ataladi. Aslida esa, talabchan rahbar - seni tezroq o‘sishingga yordam beradigan odam. Yengil-yelpi munosabat esa seni faqat dangasalikka o‘rgatadi.

Do’stim, bugun “menejerim yomon” deb ishdan ketsang, ertaga boshqa joyga o‘tib ham kech qolasan va shunchaki yangi “yomon menejer” topasan. Xatoingni tan olmasang, hech qachon o‘smaysan.

Undan ko’ra: “U yerda o‘zimning intizomsizligim sabab davomli kech qoldim va menejerim bilan kelishmovchilik bo‘ldi. Vaziyatni to‘g‘ri baholay olmaganman, lekin bu menga o‘z vaqtini va boshqalarning vaqtini qadrlash bo‘yicha juda qimmat dars bo‘ldi” deyish yaxshiroq.

Eslab qol:

Intervyuda sen sobiq ishxonangni yoki menejeringni emas, o‘zingni shaxsingni sotayapsan. O‘tmishdagi rahbarni yomonlab o‘z aybingni yopsang, yangi rahbar ham seni bir soniyada tushunib oladi.

O‘z xatolaringni yopish uchun atrofingdagilarni qoralashni bas qil.

Xatoni tan olish seni pasaytirmaydi, aksincha, haqiqiy professional ekanlingni ko‘rsatadi.

@xodimga
More from @xodimga
  1. Oct 11, 2026Rahbaring ishlar qanday ketayotganini so‘rasa, darrov xafa bo‘lma Do‘stim, ba’zan rahbarin…
  2. Oct 1, 2026USTOZ KIM? “Ustoz” deganda, albatta, birinchi bo‘lib maktab va universitetdagi o‘qituvchil…
  3. Sep 6, 2026Bir ishni 10 yil qilish - uning ustasi bo‘lish degani emas Bir odamni o’z ishini zo’r qila…
  4. Aug 27, 2026Biz ba’zan tanqidiy fikrlash bilan negativ fikrlashni adashtirib yuboryapmiz. Tanqidiy fik…
  5. Aug 25, 2026Kassirning bitta qo‘pol muomalasi - kompaniya uchun katta zarar Bir kompaniya yaxshi joy t…
  6. Aug 22, 2026Eng charchagan (выгорание) paytingda munosabatlaringni buzib qo‘yma Do‘stim, ishda shunday…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →