TGViewer
Channel Public Channel
WordBridge

WordBridge

@wordbridge_uz

Subscribers
270
Photos
29
Videos
1
Links
15
Recent Posts 11 shown
Post #135 133
WordBridge Instagramda bir ayol aytyaptiki: "U sochini turmaklasa, o'ziga oro bersa eri uncha e'tibor bermas ekan, lekin shu bilan birga ishdan kelganda, xotini nima qildi, uyni yig'ishtirdimi, ovqat qildimi bunaqa narsalarga ham e'tibor bermas ekan. Masalan, ovqat qilinmagan…
U ayolning ismini bilmasam ham, lekin ancha yaxshi kontent qilishini, ziyoli ekanini bilaman. Chunki oldin ham postlariga ko'zim tushgan. Lekin ijtimoiy tarmoqlarga qarasangiz, hatto shunaqa qatlamning ham nasihatlari ba'zida e'tiborni juda tez tortadigan, tushunish oson lekin shu bilan birga (balki shuning uchun ham 100% to'g'ridek tuyulsa-da), aslida ancha argumentative ekanini ko'p ko'ryapman.
  • ❤ 6
  • ⚡ 2
  • 😇 1
Post #134 135
Instagramda bir ayol aytyaptiki: "U sochini turmaklasa, o'ziga oro bersa eri uncha e'tibor bermas ekan, lekin shu bilan birga ishdan kelganda, xotini nima qildi, uyni yig'ishtirdimi, ovqat qildimi bunaqa narsalarga ham e'tibor bermas ekan. Masalan, ovqat qilinmagan bo'lsa, ha bo'pti kettik ko'chadan yeb kelamiz der ekan.
Lekin bu ayolni dugonasini eri xotiniga juda e'toborli ekan, kompliment qilarkan, sovg'alar berarkan va shunga yarasha uydagi mayda chuydalarga ham e'tibor berarkan. Uyning tozaligi, ovqat vaqtida qilingani kabi narsalar u uchun muhim ekan.

"Biz nolishdan oldin tangani ikki tarafi borligini hisobga olishimiz kerak" deb xulosa bildiryapti o'sha ayol.

To'g'risi, haa deb qo'ydimu, tezda o'tkazib yubordim bu postni, u ayol kim edi o'zi e'tibor ham qilmabman.

Lekin keyin o'ylab qoldim. Shunaqa "tangani ikki tarafi bor" degan gaplar odatda jamiyatning nisbatan yaxshiroq yashayotgan, ancha normal, ancha sog'lom qismigagina ishlashi mumkin xolos.

Aksariyat holatlarda esa tangani bir tomoni to'liq yomon, ikkinchi tomoninining yarmi ham yomon va yarmi sal yaxshiroq, yoki umuman ikki tomoni ham yomon bo'ladi.

Masalan, men bir ayolni bilaman. Eri alkash bo'lgan, bolalari bilan ham ishi bo'lmagan, xotinining va bolalarining moddiy va ma'naviy ehtiyojlari bilan ham ishi bo'lmagan. Ayol sal kasal bo'lsa boshqasiga uylanaman deb takrorlayvergan. Kamiga bu odamning oilasi ham uncha sog'lom oila bo'lmagan va ayolga ko'p ozor bergan. Xo'sh, bu ayolning tangasidayam yaxshi tomon bormi? Eng qizig'i ikala tarafi ham yomon bo'lgan tangalarni juda ko'p uchratish mumkin. Shunaqa vaziyatda yashayotgan ayol yoki erkak, tangani ikkinchi tarafiga ham qaraganidan foyda yo'q-da.

Aytmoqchimanki, ba'zi odamlar boshqalardan ko'proq yomon, (vijdoniz qiynalsa, siz bu odamni travmalari va notog'ri tarbiya tufayli shu ahvolga kelib qolgan deb ta'riflasangiz ham bo'ladi.) Ba'zi oilalarda muhit boshqa oilalardagidan ancha yomon ekanini tan olishimiz kerak. Bunaqa vaziyatlarda tangani ikkinchi tomoniga qarash emas, real yechim, ajrimmi, xullas jiddiyroq boshqa yechim kerak.
  • 🔥 6
  • ❤ 4
  • ✍ 2
  • ⚡ 1
Post #133 153
Ashraf haqiqiy o'zbek. U nonni, go'shtni va qurutni sevadi.

O'zimcha allambalo, "sog'lom" ovqatchalar qilib bersam ham, agar nonni ko'rib qolsa, non yeyman deb janjal qiladi😁

Dadasi doim, "o'g'limiz kattaroq bo'lsa, do'konga olib kirib, tanla, o'g'lim, desak, yugurub borib non tanlasa kerak", deydi.
  • 😁 15
  • 🤩 7
  • ❤ 5
  • 🥰 3
  • 🕊 1
Post #131 165
Odamlar ba'zida "hayotimni o'zgartirgan kitob, hayotimni o'zgartirgan kino, qo'shiq, maqola, etc." deb bir narsalarni tavsiya qilib yurishadi.

Lekin mening fikrimcha, hech qachon bitta kitob yoki kino yoki shunga o'xshash bir narsa inson hayotini o'zgartira olmaydi. Agar kimdir biror kitob o'qib dunyoqarashi o'zgarib ketib, hayotiyam o'zgargan bo'lsa, demak u odam o'zi bilmagan holda uzoq yillar shu o'zgarishga tayyorlangan. Turli faktorlar tomchi-tomchi bo'lib yig'ilib qolgan-da, keyin shu kitobni o'qiganda suv toshib ketar darajaga yetgan. Ko'pincha shu oxirgi tomchini odamlar "hayotimni o'zgartirgan narsa", deb baholaydilar. Bu ko'proq "aha moment" ga o'xshaydi, menimcha.

A odam berilib "hayotimni o'zgartirgan kitob" degan kitob B odamga ta'sir ham qilmasligining sababi shu. Chunki B odamning o'zgarishga ehtiyoji yo'q yoki u allaqachon kerakli o'zgarishni qilib bo'lgan yoki o'zgarishgacha hali yetib kelmagan.

Shuning uchun biror narsani boshqalarga tavsiya qilganda "hayotimni o'zgartirgan" deb tavsiya qilish mantiqsizlikdek tuyuladi. Qolaversa, B odamning bu narsadan kutilmalarini ham juda oshirib yuboradi. Keyin B odam o'sha tavsiya qilingan kitob yo kinoni ulkan kutilma bilan o'qigan yo ko'rgani uchun hafsalasi pir bo'ladi.
  • ❤ 9
  • ⚡ 1
  • 🔥 1
  • 🕊 1
Post #130 351
WordBridge Sevimli mualliflarimdan biri Alain de Botton aytyaptiki, bizning tanlovlarimiz, kiyinish uslubimiz, uyimizni jihozlashimiz, bezatishimiz didimiz qandayligini emas, ruhiy ehtiyojlarimiz qandayligini ko'rsatadi.
Biz kimningdir uyi o'ta toza, o'ta tartibli ekanini ko'rsak, bu odam juda sokin bo'lsa kerak deb o'ylaymiz. Lekin aslida teskarisi, u odam xotirjamlik topolmayotgani uchun ham atrofini yig'ishtirish, tozalash bilan band bo'lishi mumkin, deyapti Alain.
  • 🔥 14
  • ✍ 1
Post #129 196
Sevimli mualliflarimdan biri Alain de Botton aytyaptiki, bizning tanlovlarimiz, kiyinish uslubimiz, uyimizni jihozlashimiz, bezatishimiz didimiz qandayligini emas, ruhiy ehtiyojlarimiz qandayligini ko'rsatadi.
  • 🔥 10
  • ❤ 3
Post #126 293
Bu alohida mavzu
  • ❤ 9
  • 🤩 2
Post #116 247
Qayta-qayta ko'raveradiganlarim
  • ❤ 6
  • 🔥 2
Post #114 337
Bir serial ko'rayotgan edim. Kichkinaligida ota-onasi vafot etgan bosh qahramon bolaligini, ota-onasi bilan birga o'tkazgan paytlarini har doim baxtli damlar sifatida eslab yurar edi. Ota-onasi bir-birini qattiq sevganini, kambag'al bo'lsalar-da, juda ko'p ishlagan bo'lsalar-da uni yaxshi ko'rib, doim yonlarida olib yurganlarini aytib yuradi.

Lekin kunlarning birida ba'zi sabablarga ko'ra u ota-onasining janjallashayotganini elas-elas eslab qoladi. Keyin o'tmishini titishni boshlaydi. Va aslida ota-onasi uning tug'ilishini xohlamaganini, uni boqishga qiynalib, qo'shniga berishganini, uni faqat ba'zi kunlari ishxonalariga olib ketib turishganini, shunda ham farzandlari oldida to'xtovsiz janjallashganlarini bilib qoladi.

U shu paytgacha ko'cha-ko'yda boshqa baxtli ota-onalarning farzandlari bilan suhbatlarini, birga o'ynaganlarini kuzatib bularni xuddi o'z ota-onasi bilan bo'lgan voqealardek xotirasiga muhrlaganini, boshqalarning xotiralari bilan yashab yurganini anglaydi. Uning dunyosi barbod bo'ladi. O'nglanishga qiynaladigan bo'lib yiqiladi.

Serialning ayni shu qismi menga juda qattiq ta'sir qildi. O'ylantirib qo'ydi. Biz har doim turli tashvishlar, orzular, rejalar bilan yugurib yuramiz, hali boylikning, hali muvaffaqiyat, hali shaxsiy rivojlanish-u, o'zlikni anglashning ortidan chopqillaymiz. Lekin nimadir bo'lib yiqilganimizda, qoqilganimizda, charchaganimizda, hammasi bir tiyinga qimmatdek, hammasi sarobdek tuyilganida oilamizga yuzlanamiz. Muhimi meni ota-onam sevadi deymiz. Bizni tergasalar, ursalar-so'ksalarda, lekin eng og'ir paytlarimizda, hech kimga kerak bo'lmaganimizda ular biz bilan qolishlarini his qilamiz. Ota-onasi dunyoni tark etganlar bo'lsa, hech bo'lmasa shu payt ota-onam meni tushungan bo'lardi degan tasalliga suyanadi.

Lekin, lekin kishi hatto ota-onasi tomonidan ham sevilmagan, qabul qilinmagan bo'lsachi, u kimga yuzlanadi? U tasallini qayerdan topadi. U qiyin paytlarida o'ziga nima deydi? Uni hayotga bog'lab turgan hech narsa qolmaganida u qanday qilib yana yashashda davom etadi?

Agar bizning hech narsamiz bo'lmasa, hatto ota-onamizga ham kerak bo'lmasak, unda aslida kimmiz? Nega yashaymiz? ...

Farzandlarimizning oldida ularni shunchaki sevishdek va bir-birini sevadigan ota-ona bo'lishdek juda ulkan mas'uliyatimiz bor. Bizning unga va bir-birimizga bo'lgan sevgimiz uning o'ziga va dunyoga bo'lgan munosabatini belgilaydi.
  • ❤ 15
  • 😢 4
  • 🔥 2
Post #113 346
WordBridge Photo
"My liberation notes" da Mr. Gu biror kuni ham mukammal o'tmayotganini aytadi. Shunda Mi-Jeong unga kuniga 5 daqiqa bo'lsa ham yaxshi kayfiyatda bo'la olsang demak yashasa bo'ladi deydi.

Bu 5 daqiqa esa kun davomida yig'iladi, masalan, kichkina bir bolaga do'kon eshigini ochib berasan, u senga rahmat deydi, 7 sekunding shundan xursand bo'lish bilan o'tadi. Ertalab ko'zingni ochasan va bugun shanba ekanini bilib 10 sekund xursand bo'lasan. Agar shunaqa sekundlaringni yig'ib kuniga 5 daqiqa xursand bo'la olsang demak bu hayot yashashga arziydi.

Tepada onalikning qiyin tomoni haqida yozaman deb, aslida onalikning eng yaxshi tarafi haqida yozibman. Yosh bolasi bor ona bo'lish ham seni xursand qiladigan daqiqalaring yig'indisi hayotning boshqa bosqichlaridagidan ko'proqligi bilan ideal. Bola atrofidagilarni kun davomida juda ko'p kuldiradi, juda ko'p xursand qiladi, hayron qoldiradi. Masalan, biz Ashraf tug'ilganidan buyon uning qiliqchalarini kuzatib, zavqlanib kun davomida juda ko'p xursand bo'lyapmiz. Uni qishloqqa ota-onamnikiga olib borsam ularning ham kunlari odatiy kunlarga nisbatan xursandchilikka boyroq o'tadi.

Menimcha, yosh bolali ota-onalar bola katta qilishning barcha qiyinchiliklarga qaramay shu sabab tufayli tirik qoladilar. 2-3 bolasi bor, endi tug'mayman degan ayollar shu sababga ko'ra yana tug'ishni xohlab qoladilar. Kun davomidagi baxtli daqiqalarning yig'indisi hayotning boshqa bosqichidagi shunday daqiqalarning yig'indisidan ko'proqligi uchun.
  • ❤ 10
  • 🕊 4
Post #112 298
  • ❤ 2
Older posts →

About this channel

How can I read @wordbridge_uz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for WordBridge: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does WordBridge have?
WordBridge (@wordbridge_uz) has 270 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does WordBridge know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →