TGViewer
WordBridge WordBridge @wordbridge_uz · 270 subscribers
Post #131 165
Odamlar ba'zida "hayotimni o'zgartirgan kitob, hayotimni o'zgartirgan kino, qo'shiq, maqola, etc." deb bir narsalarni tavsiya qilib yurishadi.

Lekin mening fikrimcha, hech qachon bitta kitob yoki kino yoki shunga o'xshash bir narsa inson hayotini o'zgartira olmaydi. Agar kimdir biror kitob o'qib dunyoqarashi o'zgarib ketib, hayotiyam o'zgargan bo'lsa, demak u odam o'zi bilmagan holda uzoq yillar shu o'zgarishga tayyorlangan. Turli faktorlar tomchi-tomchi bo'lib yig'ilib qolgan-da, keyin shu kitobni o'qiganda suv toshib ketar darajaga yetgan. Ko'pincha shu oxirgi tomchini odamlar "hayotimni o'zgartirgan narsa", deb baholaydilar. Bu ko'proq "aha moment" ga o'xshaydi, menimcha.

A odam berilib "hayotimni o'zgartirgan kitob" degan kitob B odamga ta'sir ham qilmasligining sababi shu. Chunki B odamning o'zgarishga ehtiyoji yo'q yoki u allaqachon kerakli o'zgarishni qilib bo'lgan yoki o'zgarishgacha hali yetib kelmagan.

Shuning uchun biror narsani boshqalarga tavsiya qilganda "hayotimni o'zgartirgan" deb tavsiya qilish mantiqsizlikdek tuyuladi. Qolaversa, B odamning bu narsadan kutilmalarini ham juda oshirib yuboradi. Keyin B odam o'sha tavsiya qilingan kitob yo kinoni ulkan kutilma bilan o'qigan yo ko'rgani uchun hafsalasi pir bo'ladi.
  • ❤ 9
  • ⚡ 1
  • 🔥 1
  • 🕊 1
More from @wordbridge_uz
  1. Sep 14, 2026U ayolning ismini bilmasam ham, lekin ancha yaxshi kontent qilishini, ziyoli ekanini bilam…
  2. Sep 14, 2026Instagramda bir ayol aytyaptiki: "U sochini turmaklasa, o'ziga oro bersa eri uncha e'tibor…
  3. Sep 13, 2026Ashraf haqiqiy o'zbek. U nonni, go'shtni va qurutni sevadi. O'zimcha allambalo, "sog'lom"…
  4. Sep 11, 2026Biz kimningdir uyi o'ta toza, o'ta tartibli ekanini ko'rsak, bu odam juda sokin bo'lsa ker…
  5. Sep 11, 2026Sevimli mualliflarimdan biri Alain de Botton aytyaptiki, bizning tanlovlarimiz, kiyinish u…
  6. Sep 5, 2026Bu alohida mavzu
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →