Instagramda bir ayol aytyaptiki: "U sochini turmaklasa, o'ziga oro bersa eri uncha e'tibor bermas ekan, lekin shu bilan birga ishdan kelganda, xotini nima qildi, uyni yig'ishtirdimi, ovqat qildimi bunaqa narsalarga ham e'tibor bermas ekan. Masalan, ovqat qilinmagan bo'lsa, ha bo'pti kettik ko'chadan yeb kelamiz der ekan.
Lekin bu ayolni dugonasini eri xotiniga juda e'toborli ekan, kompliment qilarkan, sovg'alar berarkan va shunga yarasha uydagi mayda chuydalarga ham e'tibor berarkan. Uyning tozaligi, ovqat vaqtida qilingani kabi narsalar u uchun muhim ekan.
"Biz nolishdan oldin tangani ikki tarafi borligini hisobga olishimiz kerak" deb xulosa bildiryapti o'sha ayol.
To'g'risi, haa deb qo'ydimu, tezda o'tkazib yubordim bu postni, u ayol kim edi o'zi e'tibor ham qilmabman.
Lekin keyin o'ylab qoldim. Shunaqa "tangani ikki tarafi bor" degan gaplar odatda jamiyatning nisbatan yaxshiroq yashayotgan, ancha normal, ancha sog'lom qismigagina ishlashi mumkin xolos.
Aksariyat holatlarda esa tangani bir tomoni to'liq yomon, ikkinchi tomoninining yarmi ham yomon va yarmi sal yaxshiroq, yoki umuman ikki tomoni ham yomon bo'ladi.
Masalan, men bir ayolni bilaman. Eri alkash bo'lgan, bolalari bilan ham ishi bo'lmagan, xotinining va bolalarining moddiy va ma'naviy ehtiyojlari bilan ham ishi bo'lmagan. Ayol sal kasal bo'lsa boshqasiga uylanaman deb takrorlayvergan. Kamiga bu odamning oilasi ham uncha sog'lom oila bo'lmagan va ayolga ko'p ozor bergan. Xo'sh, bu ayolning tangasidayam yaxshi tomon bormi? Eng qizig'i ikala tarafi ham yomon bo'lgan tangalarni juda ko'p uchratish mumkin. Shunaqa vaziyatda yashayotgan ayol yoki erkak, tangani ikkinchi tarafiga ham qaraganidan foyda yo'q-da.
Aytmoqchimanki, ba'zi odamlar boshqalardan ko'proq yomon, (vijdoniz qiynalsa, siz bu odamni travmalari va notog'ri tarbiya tufayli shu ahvolga kelib qolgan deb ta'riflasangiz ham bo'ladi.) Ba'zi oilalarda muhit boshqa oilalardagidan ancha yomon ekanini tan olishimiz kerak. Bunaqa vaziyatlarda tangani ikkinchi tomoniga qarash emas, real yechim, ajrimmi, xullas jiddiyroq boshqa yechim kerak.
Post #134
138
- 🔥 6
- ❤ 4
- ✍ 2
- ⚡ 1