Onalikning eng qiyin tomonlaridan biri hayot tarzingning juda oddiy va juda sekin ekanini qabul qilish.
Sening kunlaring sug'ur kunidek o'tadi. Mayda-chuyda, takrorlanuvchi ishchalar juda katta energiyangni olayotganini his qilasan. Qaysidir kunlarda bu juda normal, hatto yoqimli ham tuyiladi.
Lekin ba'zi-ba'zida atrofga qaraysan, boshqalar juda ko'p ishlarga, katta-katta ishlarga ulguryapti, o'ynab-kulyapti... Shunaqa paytlarda o'zingdan norozi bo'lishni boshlaysan.
Meni shu vaziyatda bir savol qutqaradi. "Xo'sh, o'shanday jo'shqin hayot tarzida yashagan paytlarimda, o'shanday o'ynab-kulgan paytlarimda hozirgidan baxtlimidim? Hozirgidek mehrni his qilarmidim? Hozirgidek quvonchni his qilarmidim?" Shunda o'zimga kelaman. Men hozir noyob davrda, hayotimning hech qaytarilmas, eng shirin paytida yashayapman. Keyin qiziqishdan kichkina barmoqchasini ko'zimga tiqib ko'rmoqchi bo'ladigan, betimdan tishlab qo'yadigan bu sho'x bolachani hidlaymanda, bu paytlarni qayta-qayta yashasam qaniydi, deyman.
Post #111
1.73K
- ❤ 23
- 🔥 4
- 🕊 1