"My liberation notes" da Mr. Gu biror kuni ham mukammal o'tmayotganini aytadi. Shunda Mi-Jeong unga kuniga 5 daqiqa bo'lsa ham yaxshi kayfiyatda bo'la olsang demak yashasa bo'ladi deydi.
Bu 5 daqiqa esa kun davomida yig'iladi, masalan, kichkina bir bolaga do'kon eshigini ochib berasan, u senga rahmat deydi, 7 sekunding shundan xursand bo'lish bilan o'tadi. Ertalab ko'zingni ochasan va bugun shanba ekanini bilib 10 sekund xursand bo'lasan. Agar shunaqa sekundlaringni yig'ib kuniga 5 daqiqa xursand bo'la olsang demak bu hayot yashashga arziydi.
Tepada onalikning qiyin tomoni haqida yozaman deb, aslida onalikning eng yaxshi tarafi haqida yozibman. Yosh bolasi bor ona bo'lish ham seni xursand qiladigan daqiqalaring yig'indisi hayotning boshqa bosqichlaridagidan ko'proqligi bilan ideal. Bola atrofidagilarni kun davomida juda ko'p kuldiradi, juda ko'p xursand qiladi, hayron qoldiradi. Masalan, biz Ashraf tug'ilganidan buyon uning qiliqchalarini kuzatib, zavqlanib kun davomida juda ko'p xursand bo'lyapmiz. Uni qishloqqa ota-onamnikiga olib borsam ularning ham kunlari odatiy kunlarga nisbatan xursandchilikka boyroq o'tadi.
Menimcha, yosh bolali ota-onalar bola katta qilishning barcha qiyinchiliklarga qaramay shu sabab tufayli tirik qoladilar. 2-3 bolasi bor, endi tug'mayman degan ayollar shu sababga ko'ra yana tug'ishni xohlab qoladilar. Kun davomidagi baxtli daqiqalarning yig'indisi hayotning boshqa bosqichidagi shunday daqiqalarning yig'indisidan ko'proqligi uchun.
Post #113
346
WordBridge Photo
- ❤ 10
- 🕊 4