TGViewer
Ta'lim nazorati Ta'lim nazorati @uztdi · 152K subscribers
Post #11552 12.8K
#Suniy_intellekt #ICIST2026

Sun’iy intellekt ta’limni qanday o‘zgartiradi? Toshkentda xalqaro konferensiya boshlandi

🔘Sun’iy intellekt o‘qituvchining o‘rnini egallaydimi yoki uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi vositaga aylanadimi?

🔘Raqamli texnologiyalar ta’lim sifatini oshirishga qanday xizmat qilishi mumkin?


Ayni shu kabi dolzarb masalalar Toshkentda boshlangan “Intellektual infratuzilma va aqlli texnologiyalar” (ICIST–2026) xalqaro ilmiy konferensiyasida muhokama qilinmoqda.

16–17-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan anjuman Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorligida tashkil etilgan.

Konferensiyada sun’iy intellekt va mashinali o‘qitish, intellektual axborot tizimlari, virtual va kengaytirilgan reallik, ma’lumotlarni tahlil qilish hamda oliy ta’limda sun’iy intellekt savodxonligini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.

🎙 Anjumanning ochilishida Markaz direktori Shaxzodbek Kurbaniyazov yangi texnologiyalarni joriy etishning o‘zi emas, balki ularning ta’lim sifatiga amaliy ta’siri muhim ekanini ta’kidladi.

Uning qayd etishicha, sun’iy intellekt ta’lim jarayonini individuallashtirish, pedagoglar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ta’lim natijalarini chuqur tahlil qilish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Shu bilan birga, bu jarayonda pedagogning o‘rni, inson omili, axborot xavfsizligi va sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalanish tamoyillari ustuvor bo‘lib qolishi zarur.

Zero, sun’iy intellektni ta’limga joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, barcha uchun teng imkoniyatlarni ta’minlashdir.

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
More from @uztdi
  1. Oct 17, 2026⭕️ Attestatsiyaga tayyorgarlik ko‘rayotgan pedagoglar diqqatiga! Sinovtest.uz saytidagi na…
  2. Oct 17, 2026Malaka toifalari bosqichma-bosqich beriladi yoxud toifalardan “sakrab” o‘tib bo‘lmaydi Sav…
  3. Oct 16, 2026❗️Milliy sertifikat imtihonlari uchun qabul jarayonlari yakunlandi! 👨‍💻 2026-yil noyabr…
  4. Oct 16, 2026⚡️Kelasi o‘quv yilidan oliygohlarda energetika yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari oshi…
  5. Oct 16, 2026📣Xalqaro malaka oshirish kursi: Finlandiya va Shvetsiya tajribasi 🔹Pedagog kadrlar uchun…
  6. Oct 16, 2026⚠️ Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tganlar diqqatiga! ❗️ To‘lovni amalga oshi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →